Gurjistonda «çet el agentlari» töğrisidagi munozarali qonun qabul qilingandan söng, Qöşma Ştatlar vizani taqiqlaş va bu mamlakat bilan hamkorlikni har tomonlama körib çiqişini e’lon qildi. Payşanba kuni keçqurun AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken özining X platformasidagi mikroblogida «Gurjiston orzusi» tomonidan taklif qilingan «Taşqi ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonun bilan boğliq holda Gurjistondagi demokratiyaga putur yetkazganlarga nisbatan yangi viza çeklovlari siyosati e’lon qilinişini bildirdi.

«Kim Gurjistondagi demokratik jarayonlar yoki institutlarga putur yetkazsa, jumladan, 2024 yil oktyabr oyida bölib ötadigan Gurjiston saylovlari arafasida, saylov paytida yoki undan keyin ham bu yuz bersa, AQŞga kiriş uçun viza oliş huquqiga ega bölmasligi mumkin», deyiladi AQŞ Davlat departamenti saytida çop etilgan bayonotda. 

«Şuningdek, men AQŞ va Gurjiston örtasidagi ikki tomonlama hamkorlik har tomonlama körib çiqilişini e’lon qilaman. Umid qilamizki, Gurjiston rahbarlari qonun loyihasini qayta körib çiqadi va öz xalqining demokratik hamda Yevroatlantika intilişlarini ilgari suriş uçun çoralar köradi. Biz Gurjistonning harakatlarini hisobga olamiz», — deya keltiriladi hujjatda davlat kotibi Blinkenning sözlari.

«Çet el agentlari» töğrisidagi Gurjiston qonuni 

May oyida Gurjiston parlamenti hukmron «Gurjiston orzusi» partiyasi taklif qilgan «Xorijiy ta’sirning şaffofligi töğrisida»gi qonunni qabul qildi. Unga köra, moliyalaştirişning 20 foizdan ortiğini xorijdan oladigan nodavlat taşkilotlar va ommaviy axborot vositalari «xorijiy taşkilot manfaatini ilgari suruvçi» sifatida röyxatdan ötişlari kerak. «Çet el agentlari» töğrisidagi qonun loyihasi ommaviy norozilik va politsiya bilan töqnaşuvlarga sabab böldi. 

Gurjiston prezidenti Salome Zurabişvili qonun loyihasiga veto qöydi, çunki u hukumatga nohukumat taşkilotlar va tanqidiy ommaviy axborot vositalarini ta’qib qilişga imkon beradi, biroq boş vazir Irakliy Kobaxidze vetoni bekor qiliş niyatida ekanini aytdi. Estoniya, Niderlandiya, Çexiya va Şvetsiya Yevropa Ittifoqini Gurjistonga qarşi sanksiyalar joriy etiş, jumladan, vizasiz rejimni töxtatiş masalasini körib çiqişga çaqirdi. 

AQŞ Davlat departamentiga köra, Gurjiston parlamenti tomonidan qabul qilingan «çet el agentlari» töğrisidagi qonun «fikr erkinligini bostiradi, Gurjiston fuqarolariga xizmat körsatadigan taşkilotlarni qoralaydi va yuqori darajadagi axborot vositalaridan foydalaniş imkoniyatini ta’minlaşga qaratilgan mustaqil ommaviy axborot vositalari faoliyatiga tösqinlik qiladi». Davlat departamenti bayonotida aytilişiça, Vaşington «tinç muxolifatni bostiriş uçun qörqitiş va zöravonlik kampaniyasining aniq belgilarini kördi».