Özbekiston prezidenti yordamçisi Saida Mirziyoyeva va Prezident administratsiyasi Axborot siyosati departamenti rahbari Komil Allamjonov 23 may kuni Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiyo böyiça maxsus vakili Teri Xakala boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşdi.
Unda madaniy almaşinuvlar, ta’lim, ayollar huquqlarini himoya qiliş masalalari muhokama etildi.

«Muloqot çoğida Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi örtasidagi hamkorlikni yanada kengaytiriş rejalari muhokama qilindi. Xususan, transport aloqalari, madaniy almaşinuvlar, ta’lim, ayollar huquqlarini himoya qiliş mavzulariga töxtalib ötildi. Şuningdek, afğonistonlik ayollarga yordam körsatiş böyiça hamkorlik masalasiga alohida e’tibor qaratildi», deyiladi xabarda.













