Toşkent tumanida törtta maşina iştirokida yöl-transport hodisasi sodir bölgan. Toşkent viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, hodisa bugun 2024 yil 24 may kuni soat 08:00 larda röy bergan.
31 yoşli haydovçi Toyota Prado maşinasi bilan Toşkent tumani hududidan ötgan 4R-4 “Toşkent-Keles-Qozoqkensoy” avtomobil yölida ketayotib boşqaruvni yöqotgan.
Söng qarama-qarşi yönalişga çiqib ketgan va röparadan kelayotgan Cobalt, Damas va Spark avtomobillari bilan töqnaşuv sodir etgan.
Oqibatda, Toyota Prado haydovçisi voqea joyida vafot etgan. Qolgan haydovçilar tuman markaziy şifoxonasiga olib borilib, birinçi tibbiy yordam körsatilgan.








