Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahri Mirzo Uluğbek tumanida bir yigit begona xonadon eşigini oçib körmoqçi bölgani, keyin köz tirqişidan qarab poylagani tasvirlangan video tarqaldi.

Toşkent şahar sudlari matbuot xizmatining Kun.uz‘ga ma’lum qilişiça, hodisa 2024 yil 2 may kuni sodir bölgan. 24 yoşli A.B. tungi soat 2:30 larda Mirzo Uluğbek tumanidagi köpqavatli uyning oldidan ötib ketayotgan vaqtida, yordam sörab çaqirgan ovozni eşitgan.

Şu sababli aynan kim yordam sörayotganini biliş maqsadida uşbu uyning törtinçi yölagidagi xonadonlarini köz tirqişlariga qarab, xonadonlarni eşitgan. Oqibatda xonadonda yaşovçilarni qörqitib, ularning tinçligini buzgan.

Holat böyiça u IIB binosiga taklif qilinganida, idoraga kelişdan boş tortib, IIO xodimlarining qonuniy talablarini bajarmagan.

Sud yigitni MJtKning 183-moddasi (mayda bezorilik) va 194-moddasi 1-qismi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan aybdor deb topgan.

Unga nisbatan beş sutka ma’muriy qamoq hamda BHMning 5 baravari miqdorida jarima jazosi tayinlagan.