Yakşanba kuni asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, deya xabar qilmoqda “Özgidromet”.
Juma kuni kunduzi Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Surxondaryo viloyatida ba’zi joylarda va kunning ikkinçi yarmida Farğona vodiysi viloyatlarida yomğir yoğadi, ayrim joylarda momaqaldiroq bilan kuzatiladi.
Respublikaning qolgan hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati +24…+27 daraja atrofida, ba’zi joylarda +29 darajagaça, janubda +32…+34 darajagaça böladi.
Şanba kunining ikkinçi yarmida Toşkent, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda va Farğona vodiysi viloyatlarida jadalligi biroz bölgan qisqa muddatli yomğir yoğadi. Harorat kunduzi +26…+29, janubda +32…+34 darajagaça böladi.
Yakşanba kuni faqat Farğona vodiysi viloyatlarida, şuningdek, keçasi va ertalab Toşkent, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Kunduzi harorat +17…+22 darajagaça pasayadi.
Respublika böyiça ba’zi joylarda şamol tezligi 15−20 metr/sekundgaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin. Toğoldi va toğli hududlarda 24 mayda yomğir yoğadi, ba’zi joylarda kuçli böladi, 25−26 may kunlari vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomğir yoğadi, ayrim joylarda kuçli böladi. Momaqaldiroq bölişi mumkin. Şamol 15−20 metr/sekundgaça kuçayadi. Sel-suv toşqin hodisalari yuzaga kelişi ehtimoli saqlanib turadi.
Toşkent şahrida juma kuni vaqti-vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat +24…+26 daraja böladi. Şanba kuni kunning ikkinçi yarmida va yakşanbaga ötar keçasi vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomğir yoğadi. Momaqaldiroq bölişi mumkin. Yakşanba kuni kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi.
Harorat şanba kuni keçasi +16…+18, kunduzi +26…+28, yakşanba kuni keçasi +12…+14, kunduzi +19…+21 daraja böladi.








