“Oliy ta’lim taşkilotlariga öqişga qabul qiliş va davlat buyurtmasini joylaştiriş tizimini takomillaştiriş töğrisida”gi prezident farmoni qabul qilindi.
2024-2025 öquv yilidan boşlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qiliş böyiça imtihonlar “avval test, söng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda ötkazilişi belgilansin. Bunda:
a) abituriyentlar öz tanloviga köra test sinovi natijasida töplagan balidan kelib çiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yönalişlariga, söng professional ta’lim muassasalariga öqişga kiriş uçun tanlovda iştirok etadi;
b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqiçda amalga oşiriladi:
- birinçi bosqiçda abituriyentlar har yili 5 iyundan 25 iyunga qadar (25 iyun kuni ham) test sinovi topşiriş uçun röyxatdan ötadi hamda test sinovi topşiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topşiriş hududini hamda kiriş imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bölsa, uşbu imtihonni topşiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi.
- Bunda, bakalavriat ta’lim yönalişlari böyiça yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholaş mezonlari tegişli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi;
- öqişga qabul qiliş böyiça kiriş imtihonlari iyul–avgust oylarida ötkaziladi;
- ikkinçi bosqiçda abituriyentlar test sinovlari töliq yakunlanganidan söng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yönalişi va ta’lim şaklini tanlaydi;
v) 2025-2026 öquv yili qabulidan boşlab fanlar majmuasida çet tili birinçi fan sifatida belgilangan ta’lim yönalişlariga qabul xorijiy tilni biliş darajasini belgilovçi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oşiriladi;
g) barça davlat kollej va texnikumlariga “avval test, söng tanlov” tamoyiliga muvofiq qabul qilişda abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim şaklini oliy ta’lim muassasalariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan söng 10 kun muddatda tanlaydi.








