Janubiy Koreyada ham hikikomori atamasi köp tilga olinmoqda. Bu atama jamiyatga yopilib, faqat öz dunyosi bilan yaşaydigan kişilar uçun işlatiladi. Unga oid ijtimoiy jumboq 2021 yil aprel oyida Seuldagi kvartirasida yoş yigitning jasadi topilgaç, yuzaga qalqib çiqadi.
Öşanda 16 kv metrlik ijara uyda yaşaydigan yigit tölovni vaqtida qilmagani sabab uy egasi kvartiraga borişga majbur böladi. Biroq ijaraçining ança oldin vafot etgandi. Ijara uyi tartibsiz holatda edi. Yigitning ölimi bilan boğliq holat örganilganda uning oylab jamiyatdan uzilgan şaroitda yaşagani aniq böladi. Öşanda u pandemiya sabab işidan böşagan, uyiga hatto gaz borişi ham töxtab qolgandi.
Hikikomori nima degani?
Hikikomori asli yapon tilidan olingan atama. Unga köra, yoşi katta bölmagan odamlar ham jamiyatdagi muammolar va oilaviy kutuvlarga doş bera olmagani uçun uzlatga çekinişadi. Pandemiya davrida esa odamlar yakka böliş muammosi köproq kuçayadi.
2022 yilgi statistikaga köra, Janubiy Koreyada 19 yoşdan 39 yoşgaça bölgan 338 ming yoşlar jamiyatdan uzilgan holda yolğizlikda yaşaşni tanlagan. Ular jamiyatdan butunlay uzilgan, oylab, ba’zan undan ham uzoq vaqt davomida öqişga, işga borişmaydi.
Janubiy Koreya hukumati ma’lumotlariga köra, jamiyatdan ajralgan holda yaşaşni tanlagan yoşlarning aksari kambağal oilalardan. Ular bu tanlovni biror şaxsiy travma, maktabda sodir bölgan bulling, akademik qiyinçiliklar, oilaviy nizolar yoki ota-onasidan yetarli e’tibor körişmagani sabab qilişadi.
Uzlatni tanlagan odamlar asosiy vaqtini yopiq binoda ötkazadi, öz ehtiyojlari uçun zarurat bölganda texnologiyalar orqali işlarini bitirişadi. Ularning bu tanlovi jamiyat bosimi, içki xavotirlari, işidan qoniqmaslik yoki boşqa bir oilaviy muammo sabab ham bölişi mumkin.
Ularning bu tanlovi natijasida jismoniy va ruhiy salomatligida muammolar paydo bölişi xavfi tuğiladi. Hikikomori muammosining oldini oliş uçun unga sabab bölgan muammoni topiş, bu holatga tuşganlarga ijtimoiy va ruhiy kömak beriş kerak böladi. Sababi bu dunyo içida yaşayotgan odamlar jamiyatni rad etadi, köproq virtual reallikda yaşaşadi.
2023 yilda koreys hukumati qamalib olgan yoşlarni jamiyatga qöşiş maqsadida ular uçun oyiga 500 dollarlik nafaqa taklif qilgan. Bu pulni 9 yoşdan 24 yoşgaça bölgan yoşlar olişi mumkin. Bu pulni oladiganlar öqişga yoki işga qaytişi talab etiladi.









