Taşrifning asosiy tadbirlari ertaga, 27 may kuni bölib ötadi.

Oliy darajadagi muzokaralar davomida rahbarlar Özbekiston bilan Rossiya örtasidagi keng qamrovli strategik şeriklik va ittifoqçilik munosabatlarini yanada rivojlantiriş va çuqurlaştiriş masalalarini körib çiqadi.

Sammit yakunlari böyiça ikki tomonlama hujjatlar töplami qabul qilinişi rejalaştirilgan. Prezidentlar, şuningdek, Özbekiston va Rossiya hududlari kengaşining birinçi yiğilişida ham iştirok etadi.

Vladimir Putin 7 may kungi inauguratsiya marosimidan boşlab beşinçi muddatga Rossiya prezidenti lavozimiga kirişdi.

RF rahbari yangi muddatga saylanganidan keyin 16-17 may kuni Xitoyda davlat taşrifi bilan, 23-24 may kunlari Belarusda işçi taşrif bilan bölgan edi.