Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston BMT Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti kengashiga saylandi
O‘zbekiston tarixda ilk marotaba BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) kengashiga bir ovozdan saylandi.
Tashqi ishlar vazirligi xabarida aytilishicha, 4 iyul kuni Rimda bo‘lib o‘tgan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) kengashining 2028—2029 yillarga mo‘ljallangan a’zoligiga saylovda O‘zbekiston tarixida birinchi marta ushbu nufuzli organ tarkibiga bir ovozdan saylandi.
Kengash geografik taqsimotni hisobga olgan holda 3 yilgacha muddatga saylanadigan 49 ta a’zo davlatdan iborat. Kengash o‘z vakolatlari doirasida budjet, FAO dasturlarini muhokama qiladi va konferensiyaga muhim qarorlar va tavsiyalar beradi.
FAO kengashiga a’zolik O‘zbekiston uchun global qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat siyosatini shakllantirish, me’yoriy hujjatlar va standartlarni ishlab chiqish, milliy va mintaqaviy tashabbuslarni taqdim etish, shuningdek, loyihalarni ilgari surish va qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishda keng imkoniyatlar ochadi.
Mavzuga oid
11:46 / 19.06.2026
Jahon banki O‘zbekistonga qishloq infratuzilmasini rivojlantirish uchun 150 mln dollar ajratadi
18:05 / 16.06.2026
“E, onangni... 11 gacha yopmasang, tiqib yuboraman!” - Muzrabotda fermerlar haqoratlandi
09:06 / 03.06.2026
O‘zbekiston Afg‘onistonga qishloq xo‘jaligi urug‘liklarini beg‘araz yetkazib berdi
20:28 / 14.05.2026