Qozoğistonda yoqilği-moylaş mahsulotlari bilan ta’minlaş darajasi yaxşilangan va rasmiylar qöşni mamlakatlarga benzin eksport qiliş imkoniyatini körib çiqadi. Bu haqda Qozoğiston energetika vaziri Almasadam Satkaliyev hukumat yiğilişida ma’lum qildi, deya xabar bermoqda Inform buro naşri.

Satkaliyevning sözlariga köra, 2024 yilning 4 oyi davomida mamlakatda 5,9 mln tonna neft qayta işlangan – bu ötgan yilning mos davriga nisbatan 5,4 foizga köp. Yilning 4 oyida neft mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 4,28 mln tonnani taşkil etgan (bir yil oldingi körsatkiçdan 6 foizga kam).

Vazirning aytişiça, törtta zavodda neft mahsulotlari işlab çiqarişni kengaytiriş reja qilingan:

  • Aqtau bitum zavodi – 1 mln tonnadan 1,5 mln tonnagaça (2025);
  • Çimkent neftni qayta işlaş zavodi – 6 mln tonnadan 12 mln tonnagaça (2030);
  • Atirau neftni qayta işlaş zavodi – 5,5 mln tonnadan 6,7 mln tonnagaça (2027);
  • Pavlodar neft-kimyo zavodi – 5,5 mln tonnadan 8 mln tonnagaça (2030).

“Mazkur loyihalarning amalga oşirilişi içki bozorning yoqilği-moylaş materiallariga ösib borayotgan talabni 100 foizga qondiriş, şuningdek, neft mahsulotlarini qöşni davlatlarga eksport qiliş imkonini beradi”, – degan Qozoğiston energetika vaziri.

Avvalroq, Qozoğiston hukumati çet el fuqarolari uçun 92 va 93 oktanli benzin narxini 205 tengedan 245 tengegaça (5811 sömdan 6945 sömga) oşirişni rejalaştirayotgani ma’lum qilingandi.

Eslatib ötamiz, 2023 yilning noyabr oyida 2024 yilda Rossiyadan Qozoğiston orqali Özbekistonga neft xomaşyosi yetkazib beriş hajmini 1 million tonnaga yetkaziş rejalaştirilayotgani xabar qilingandi.

Ma’lumot uçun, Özbekiston 2023 yil uçun Rossiya va Qozoğistondan 300 ming tonnadan neft xarid qiliş böyiça kelişuvlar tuzgandi.