Qozoğiston prezidentining Özbekistonga taşrifi doirasida ikki mamlakat Energetika vazirliklari hamda kompaniyalari örtasida qator kelişuvlarga erişildi.

Energetika vazirligi matbuot xizmatiga köra, 2023 yilda Qozoğiston Özbekistonga 300 ming tonna neft va neft mahsulotlarini yetkazib beradi. Qiymati 150 mln dollarlik kelişuv doirasida neft yetkazib beriş hajmini yiliga 3 million tonnaga yetkaziş böyiça işlar olib boriladi. Bu boradagi hujjat “Özbekneftgaz” raisi Mehriddin Abdullayev va “KazMunayGaz” raisi Magzum Mirzagaliyev tomonidan imzolandi.

Foto: "Özbekneftgaz" matbuot xizmati

Şuningdek, 2023 yilda Rossiyaning 300 ming tonna nefti Qozoğiston hududi orqali Özbekistonga tranzit qilinadi, bu borada qiymati 9 mln dollarlik kelişuvga erişilgan.

Foto: Energetika vazirligi matbuot xizmati

Ijtimoiy tarmoqlarda esa Qozoğistondan 300 ming tonna neft import qilinişi benzin narxini 4000 sömga tuşirişi haqidagi xabarlar tarqaldi. «Özbekneftgaz» matbuot kotibi Siyovuş Töraxöjayev Kun.uz'ga bergan izohida ijtimoiy tarmoqlarda bu xabar notöğri talqin qilinayotganini aytdi. 

«Biz Qozoğistondan tayyor benzin emas, xomaşyo (neft) olamiz. Albatta, xomaşyoni olganimiz manfaatli. Undan benzindan taşqari boşqa mahsulotlar ham olinadi, bizga ança arzonga tuşadi. Şartnoma böyiça 300 ming tonnaga yaqin neft va neft mahsulotlarini olamiz. Logistika, işlab çiqariş xarajatlari bor, şundan keyin, 2023 yilning birinçi çoragida benzinning yakuniy narxi aniq böladi», – dedi u. 

Töraxöjayevning aytişiça, kelayotgan haftada Özbekiston rasmiylari Qozoğistonga borib şartnoma imzolaşi kutilmoqda. U 2023 yilning mart oyigaça benzin narxi hozirgi narxda saqlanib turişini qöşimça qildi (13 dekabrdan Toşkentdagi «Özbekneftgaz» şoxobçalarida AI-80 benzini narxi 6800 sömdan 5700 sömga tuşirilgandi