AQŞ Mudofaa vazirligi Yevropadagi amerikalik harbiy kontingentni joylaştiriş masalasini rasman qayta körib çiqişga kirişdi. Bu haqda Pentagon rahbari Pit Hegset iyun oyida Bryusselda bölib ötgan NATO mudofaa vazirlari yiğinida ma’lum qilgan rejalar ijrosi doirasida amalga oşirilmoqda.

Pentagon rahbarining siyosiy masalalar böyiça örinbosari Elbrij Kolbining ma’lum qilişiça, mazkur tahlildan közlangan asosiy maqsad Yevropa davlatlari özining an’anaviy qurol-yaroğlari orqali qit’a xavfsizligi uçun asosiy mas’uliyatni öz zimmasiga oladigan yangi modelni şakllantirişdan iborat.

Uning ta’kidlaşiça, bu yondaşuv NATOni «NATO 3.0» deb ataluvçi yangi bosqiçga olib çiqişi kutilmoqda. Yangi konsepsiya alyansning harbiy salohiyatini mustahkamlaş, şuningdek, AQŞga bir vaqtning özida turli mintaqalardagi xavfsizlik vazifalarini bajariş imkonini yaratişi lozim.

Kolbi qayta körib çiqiş jarayoni AQŞning 2025 yilgi Milliy xavfsizlik strategiyasi va 2026 yilgi Milliy mudofaa strategiyasiga asoslanişini bildirdi. Uning sözlariga köra, Pentagon geosiyosiy vaziyat va harbiy tahlillarga tayangan holda bir neçta ehtimoliy ssenariylarni işlab çiqadi.

Sönggi yillarda AQŞ prezidenti Donald Tramp va mudofaa vaziri Pit Hegset NATOning Yevropa a’zolarini mudofaa xarajatlarini oşirişga çaqirib kelmoqda. Ular köp marotaba Yevropa davlatlari xavfsizlik masalasida AQŞga ortiqça tayanib qolganini tanqid qilgan.

2025 yil iyun oyida Haagada ötgan NATO sammitida a’zo davlatlar 2035 yilga qadar mudofaa xarajatlarini YaIMning kamida 3,5 foiziga yetkaziş, şuningdek, mudofaa bilan boğliq qöşimça ehtiyojlar uçun yana 1,5 foiz mablağ ajratişga kelişib olgan edi. Bu avvalgi 2 foizlik maqsadli körsatkiçdan ança yuqori hisoblanadi.

Şuningdek, NATOning Yevropadagi Birlaşgan qurolli kuçlari qömondoni, AQŞ Harbiy-havo kuçlari generali Aleksus Grinkeviç ham Yevropa davlatlari öz harbiy imkoniyatlarini oşirişi bilan uzoq muddatli istiqbolda AQŞ qöşinlarining bir qismi dunyoning boşqa mintaqalariga köçirilişi mumkinligini bildirgan.