Hindistonning Siyati qişloğida it 67 kişini köçkidan qutqarib qoldi, deb yozadi The Independent.

Qayd etilişiça, voqea 30 iyun kuni keçqurun Ximaçal-Pradeş ştatining Mandi okrugida sodir bölgan. Tunda beş oylik kuçuk kutilmaganda qattiq akillay boşlagan. Natijada Narendra ismli erkak uyğonib ketgan va devordagi yoriqqa közi tuşgan. Şundan söng, u qöşnilarini ogohlantiriş uçun yugurgan.

It va mahalliy fuqaroning harakati sabab 20 ga yaqin oila uylarini öz vaqtida tark etişga muvaffaq bölgan. Oradan köp ötmay qişloq köçki ostida qolgan. Qişloqning omon qolgan barça aholisi Naina Devi ibodatxonasiga vaqtinçalik joylaştirilgan. Ştat hukumati har bir jabrlangan oila uçun 10 ming rupiy (116 dollar) ajratgan.

Ma’lumotlarga köra, ikki hafta içida Mandi okrugida kuçli yoğingarçiliklar kuzatilib, köçkilarni yuzaga keltirgan. Tabiiy ofat sabab 150 tadan ortiq yöl yopilib qolgan, yuzlar uylar vayron bölgan. NDTV’ning yozişiça, iyul boşidan beri ştatda suv toşqinlari va köçkilar oqibatida kamida 50 kişi halok bölgan.