Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy suğurta qiliş böyiça suğurta tarifi miqdori qayta körib çiqilişi mumkin. Bu haqda Istiqbolli loyihalar milliy agentligi xabar berdi.
Qayd etilişiça, sönggi yillarda suğurta taşkilotlari tomonidan suğurta tovonlarini öz vaqtida tölanmayotgani hamda tölanişi mumkin bölgan maksimal miqdor avtotransportga yetkazilgan zararlarni qoplaşga yetarli bölmayotgani yuzasidan şikoyatlar soni ortib boryapti.
2019 yilda tasdiqlangan 56 ming sömlik suğurta mukofoti miqdori suğurta taşkilotlari uçun zararlarni qoplaşga yetarli bölmagani sababli turli xil yöllar bilan tölovlar keçiktirib kelinyapti.
Agentlik ma’lumotiga köra, 2023 yilda Toşkent şaxrida zararlilik darajasi 146 foizni taşkil etgan.
Şuningdek, 2019 yildan boşlab barqaror belgilangan 40 mln söm suğurta summasi yöl-transport hodisalarida jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararlar böyiça xarajatlarini yetarli darajada qoplaşga imkon bermay qolgan.
«Jahon banki statistikasiga asosan, Özbekistonda iste’mol narxi indeksi oxirgi 5 yil davomida 160 foizga oşgan, bundan taşqari mehnatga haq tölaşning eng kam miqdori ösişi 265 foizni taşkil etgan, bazaviy hisoblaş miqdori esa 168 foiz ösiş dinamikasini körsatgan. Şu bilan bir qatorda, respublikamizda belgilangan suğurta puli va suğurta mukofoti hozirda yaqin qöşni davlatlar hamda çet el davlatlari bilan soliştirganda eng kam körsatkiçni taşkil etadi», – deyiladi xabarda.
Agentlik aholidan bu boradagi taklif va mulohazalarini Napp_connect_bot Telegram-botiga yuborişni söramoqda.







