Bu yil yoz iliq ob-havo bilan boşlanadi. Harorat kunduz kunlari +28...+33 daraja atrofida, janubda va çöl hududlarda +35...+38 darajagaça böladi, bu örtaça köp yillik qiymatlarga yaqindir.
Iyun oyining birinçi beş kunligida Özbekiston böyiça asosan yoğingarçiliksiz ob-havo bölişi kutilmoqda, faqat ayrim toğoldi va toğli hududlarda 4-5 iyun kunlari qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat keçalari +14...+19 daraja, kunduz kunlari +28...+33 daraja, ba’zi joylarda +35 darajagaça, janubda va çöl hududlarda +37 darajagaça böladi.
6-10 iyunda ayrim kunlarda (1-2 kun) ba’zi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin. Harorat keçalari +14...+19 daraja, kunduz kunlari +28...+33 daraja, şimolda va çöl hududlarda +35...+37 darajagaça böladi.
Ikkinçi va uçinçi ön kunliklarda harorat asosan keçalari +15...+20 daraja, kunduz kunlari +33...+38 daraja, janubda va çöl hududlarda +40 darajagaça böladi. Oyning ikkinçi ön kunligida qisqa muddatli yomğirlar yoğişi ehtimoli köp.








