Ma’lumot uçun, Yangi Toşkent hozirgi şaharning şarqiy qismida, 20 ming gektarlik hududda barpo qilinişi kutilyapti. Çirçiq va Qorasuv daryolari oraliğida joylaşadigan şahar konsepsiyaci taqdimoti fevralning oxirida bölib ötdi.
Yangi şaharga respublika darajasidagi ijro organlari köçiriladi, ularning hozirgi binolari sotilib, tuşgan mablağlar Yangi Toşkentda ma’muriy binolar qurişga sarflanadi. Şaharda bir qator ijtimoiy obektlar qurilişi boşlangan.
– Dastlab uçalangizga ham bir xil savol bilan yuzlanmoqçiman. Özi yangi şaharlar nima uçun quriladi? Yangi Toşkent qurilişiga ehtiyoj bormidi, bölsa, ular nimalardan iborat?
Saidazim Şaripov: Aholimiz ösib boryapti. Markaziy Osiyoda aholisi tez ösib borayotgan va ziç joylaşgan davlatlardan biri hisoblanamiz. Toşkentda yiliga 100 ming nafar aholi qöşilib boryapti. Markaziy nuqta, ya’ni magnit sifatida körilayotgan davlat bölgani sabab nafaqat mamlakat, balki atrofdagi boşqa davlatlar fuqarolarini ham öziga jalb qiladi. [Şuningdek] biznes va rivojlanişni jalb qiladi degan maqsadda Toşkent kengaymoqda.
Temur Ahmedov: Bu asosiy sabablari böladi, çunki şaharlar baribir rivojlanadi. Aholi köpayganidan keyin şaharlar kengayadi. Bizda Samarqand, Buxoro ham kengaymoqda. Toşkent mintaqaviy markaz bölgani uçun köçada yurganingizda ham har xil davlatlardan odamlar kelayotganini körasiz. Çunki tadbirkorlik ösyapti, qandaydir xalqaro loyihalar köpayyapti, odamlar kelib işlaydi. Nafaqat mehmonxonada, uy olib bir neça yil yaşaydiganlar ham bor. [Şuning uçun] şahar kengaymasligining iloji yöq.
Iskandar Soliyev: Şaharlarning kengayişi dunyo miqyosida olib qaralsa, hamma yerda kuzatiladi. Bu – odatiy hol. Lekin qanday holatlarda kengayadi, masalan, şaharning kengayişi infratuzilmaviy yoki boşqa tomondan qaraydigan bölsak, boşqa iloji yöq, ya’ni rivojlanişga boşqa hududlar körinmayotgan holatlarda şaharlar kengayişi yoki yöldoş şaharlarga ulanib, kengayişi mumkin.
Endi Toşkentni oladigan bölsak, bu yerda hali [kengayiş uçun] hududlar bor, bu holatda Toşkentning köp qismini 1 qavatli uylar egallagan. Şu joylarni ham optimallaştirgan holda ziçlikni oşiriş mumkin bölgan vaziyatdamiz. Aholi köpaymoqda, Özbekistonda 2050 yilgaça bu ösiş davom etadi. Bu jarayonda yana bir e’tiborli jihati, master reja tuzişda boşqa şaharlarga ham bir vaqtning özida ahamiyat berib ketiş kerak, degan fikrdaman. Öşanda Toşkentning aholi soni hozirgi holatdagidan sekinroq össa kerak.
Temur Ahmedov: Yana bir narsa qöşmoqçi edim, siz aytganingizdek bizda urbanizatsiya bölyapti, qişloq aholisi şaharga köçyapti. Bu qisman yangi imkoniyatlar: öqiş, işlaş bilan boğliq. [Lekin] texnologiya rivojlanyapti, qişloq xöjaligi ham avtomatlaştirila boşlansa, kamroq odamlar işlaşni boşlaydi. Bizda hozir qişloq xöjaligi sektorida köp odam işlaydi, masalan, AQŞda aholining atigi 3 foizi qişloq xöjaligida işlaydi. Bizda 40 foizlar atrofida, ya’ni avtomatlaştirilib, yangi texnologiyaning ta’siri kuzatilsa, odamlar böşaşni boşlaydi. Keyin esa ular qayergadir borişi kerak böladi, bu vaziyatda esa asosan şaharlarga borişni boşlaşadi. Bu jarayonda nafaqat Toşkentga, balki umuman katta yoki kiçik şahar böladimi – hammasiga ta’sir böladi. Keyingi 10-15 yilda köp aholi qişloqdan şaharlarga ötadi.
– Saidazim aka, siz bergan ma’lumotlarga köra, ayni vaqt 20 ming gektardan 6 ming gektar maydonning birinçi bosqiç boş rejasi işlab çiqilgan. Şuni qisqaça tuşuntirsangiz, ma’lum hududga boş reja işlab çiqilişi nimani anglatadi, undan keyin qanday işlar qilinadi? Umumiy rejada yangi Toşkentni qança yilda qurib bitkaziş reja qilingan, qisqaça bosqiçlariga ham töxtalsangiz.
Saidazim Şaripov: Yangi Toşkentning umumiy maydoni 20 ming gektarni taşkil qiladi. Bu mavjud Toşkentning şarqiy qismida joylaşgan. 20 ming gektarni bir avlodda özlaştiriş, bir avlodda şahar quriş imkonsiz. Çunki juda katta hudud, hozirgi Toşkentning yarmi degani. Şuning uçun boş reja konsepsiyasi deganmiz, ya’ni öşa hudud qanday strategiyada rivojlanadi. Şu hudud strategiyasi belgilanganidan keyin, bu strategiyada, albatta, bosqiçlari ham yozilgan. Birinçi bosqiçimiz 6 ming gektar hududni öz içiga olgan, bizning avlod birinçi bosqiçni bitira oladi. Qolgan bosqiçlar keyingi avlodlarga. Birinçi bosqiç uçun 10 yilni reja qilyapmiz, çunki bu yerda asosiy ğoyasi – administrativ markaz bölişi.
Ya’ni Toşkent şahridagi administrativ binolar köçirib ötkaziladi, şuning hisobida 10 yillarda şahar sifatida rivojlanişini taxmin qilyapmiz. Va, albatta, nafaqat administrativ tuman, balki birinçi bosqiçimizda şahar sifatida rivojlanişi mumkin bölgan barça şaroitlar böladi. Monofunksiya emas, köp funksiyali şahar sifatida loyihaladik.
Birinçi bosqiçimizning boş rejasi, bu degani quriliş boşlanadimi? Ha, boşlanadi. Ya’ni qanday körsatkiçlar, qanday funksiya, umuman infratuzilma tarmoqlari qanday taşkil qilinişi, har bir hududning bu tarmoqlarga berayotgan bosimi – şularning hammasini hisob-kitob qilganmiz. Aslida boş rejaning ma’nosi ham şu, şahar tölaqonli rejalangani kabi, risoladagidek öz faoliyatini davom ettirişi uçun qilinadi. Agar şu boş reja böyiça şahar qurilsa, hammasi hisob-kitob qilingan böladi. Şunda şaharda közda tutilmagan, kutilmagan muammolarning çiqişi minimum darajaga tuşadi.
– Administrativ hudud barpo qilinadi deyilyapti. Ya’ni buning uçun mavjud binolar sotilib, sotilişidan tuşgan mablağlar evaziga yangi binolar quriladi. Jarayon boşlanganmi?
Saidazim Şaripov: Birinçi bosqiçda quriladigan obektlarimiz aniq, belgilangan. Bularga Yangi Özbekiston universiteti, Milliy kutubxona, Nizomiy universiteti va boşqa bir qator ijtimoiy obektlardan boşlangan. Bunga aprel oyida davlat rahbari tomonidan start berildi. Ya’ni hozir birinçi bosqiç boş rejasiga asosan işlar boşlangan.
– Qurilişlar hozirgi Toşkentda ham davom etişini taxmin qiliş mumkin. Köplab hududlarda yirik qurilişlarning bir vaqtda bölişi nimalarga ta’sir qilişi mumkin?
Temur Ahmedov: Katta qurilişlarni köryapmiz, bu ekologiyaga ham ta’sir qiladi, masalan. Bunday qurilişlarning xalqaro standartlari va özimizning ham talablarimiz bor. Misol uçun, bino qurilayotganda çangni qanday nazorat qiliş kerak, binolar buzilayotganda quriliş materiallari qayerga ketadi, ularni qayta işlatsa böladimi yoki qandaydir saralab, qayta işlaşga yuborsa böladimi – bularning hammasi standartlarda yozilgan. Agar öşa böyiça qilinsa, salbiy ta’sirlarni kamaytirsa böladi. Eng asosiysi – odamlarning kunlik doimiy hayotiga nisbatan böladigan salbiy ta’sirlarni kamaytiriş. Köp quriliş bölganida katta transportlar yuradi, ularning şovqinli ovozi bor – bularning hammasini nazorat qiliş kerak.
Iskandar Soliyev: Quriliş barça şaharlarda böladi, bu – odatiy hol. Bunga odatiy holdek qaraş kerak. Agar hozirgi yozilgan qoidalarga amal qilinib, quriladigan bölsa, çang kötarilişi yoki yöllarga loy çiqib, aholiga ortiqça şovqin berilişining oldini olsa böladi. Köp şaharlarda deyarli butun-butun tumanlar yangitdan quriladi yoki rekonstruksiya, renovatsiya qilinadi. Lekin normalarga amal qilingan holda qurilgani uçun odamlar şovqin, çangdan deyarli xoli böladi. Ya’ni bu narsaning qoidalariga amal qilişsa, eplasa böladi.
Endi faqat ijtimoiy obektlarning bitta administrativ joyga köçirilişi biroz yomon oqibatlarga olib kelişi mumkin. Masalan, odamlar mavjud Toşkentdan yangi Toşkentga qadar bir vaqtda borişga intilişadi yoki bir vaqtga qaytişadi. Hozirda infratuzilma yerlari qurilişi aytilyapti, lekin bizda hozirça Yangi Özbekiston yöli bor va qolganlari yaqin örtada qurilsa ham, hozirça qandaydir yöllarimizga bosim tuşadi.
Bundan taşqari, şaharning konsepsiyasiga ham qöşimçam bor. Bizda şaharni master rejasini qilganimizda qayerda nima hisobga olinişi yoki olinmasligi qayd etiladi. Bu sabab hisobga olinmagan jihatlar minimallaşadi. Lekin bu yerda qilinayotgan bir xato bor, bizning neça yillik aeroportimiz Toşkentdan taşqarida joylaşgan bölsa, hozir qurilişi kutilayotgan yangi aeroport ham 2 ta Toşkentning orasida Toşkentning içiga kirib ketyapti. Şundan kelib çiqsak, qançadir yillardan söng yangi aeroport quriş kerak böladi, menimça.
- Intervyuni töliq holda yuqoridagi video orqali tomoşa qilişingiz mumkin.
Dilşoda Şomirzayeva suhbatlaşdi.
Tasvirçi Mirvohid Mirrahimov,
Montaj ustasi Nuriddin Nursaidov.











