Toshkent shahrining 2045 yilgacha bosh rejasi doirasida “Yangi Toshkent” konsepsiyasini amalga oshirish ko‘zda tutilgan. 2023 yil mart oyida davlat rahbari loyiha qurilishiga tamal toshini ham qo‘yib bergandi. Shundan so‘ng yangi shahar Chirchiq va Qorasuv daryolari oralig‘ida barpo qilinishi, u 20 ming gektarlik hududni egallashi ma’lum qilindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi yangi Toshkent direksiyasining shaharsozlik hujjatlarini tayyorlash boshqarmasi boshlig‘i Saidazim Sharipov Gazeta.uzʼga bergan intervyusida yangi Toshkent loyihasiga oid batafsil ma’lumotlar bilan bo‘lishgan.

Foto: Yangi Toshkent direksiyasi

Yangi Toshkent hududi qayerda joylashadi?

Sharipovning ta’kidlashicha, yangi Toshkent poytaxtning sharqiy qismiga tutashgan bo‘ladi. Toshkentning sharqiy chegarasi esa 4P12 avtomagistrali bilan belgilanadi.

Shimoliy chegara Yangibozor shahrining quyi chegaralarida tugaydi. Sharqiy chegarasi Qorasuv daryosi bo‘ylab o‘tadi. Janubda shahar taxminan Toshkent tugaydigan joyda tugaydi”, – deydi u.

Rasmiy vakil hozirgi kunga qadar 20 ming gektarning qanchasi uchun qurilish rejasi ishlab chiqilgani va sotuvga qo‘yilgan lotlarni ham ochiqlagan.

Prezidentga 20 ming gektarning Toshkent tomoniga tutash hududi bilan yana 5 ming gektarning umumiy konsepsiyasini ko‘rsatdik. Hozir 6 ming gektar maydonning birinchi bosqich bosh rejasini ishlab chiqdik. Ushbu 6000 gektar maydon ichida biz 1000 gektarni batafsil rejalashtirish loyihasini ishlab chiqdik. Ya’ni bu yil sotiladigan uchastkalar 1000 gektar ichida bo‘ladi”, –