Ispaniya markazidagi Toledo provinsiyasida ikkita tezyurar poyezd töqnaşişi oqibatida kamida 46 kişi halok böldi. Bu haqda ABC naşri xabar bermoqda.
Avariya mahalliy vaqt bilan 28-oktabr kuni soat ertalabki 9 atrofida röy bergan. Renfe kompaniyasining (davlat temiryöl operatori) Madrid – Sevilya yönalişida harakatlangan AVE tezyurar poyezdi Iryo kompaniyasining (xususiy temiryöl operatori) Urda şahri yaqinidagi uçastkada töxtab turgan poyezdiga ortdan kelib urilgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan kadrlarda bir neça vagon yöldan çiqib ketgani va yonğin röy berganini köriş mumkin.
Avariya tufayli Madrid-Andalusiya tezyurar liniyasida poyezdlar harakati töxtatilgan. Bir neça poyezdlar yölga çiqişi keçiktirilgan.
El Pais va ABC manbalariga köra, avariya inson xatosi sabab röy bergan bölişi mumkin. Taxminlarga köra, temiryöl signalizatsiyasi tizimidagi nosozlikni bartaraf etiş bilan şuğullangan davlat kompaniyasi xodimi AVE poyezdini oldinda Iryo poyezdi töxtab turgani haqida ogohlantirmagan.

















