NATO boş kotibi Yyens Stoltenberg AQŞning Rossiyadagi nişonlarga qarşi Amerika qurollaridan foydalanişga qöyilgan çeklovlarni yumşatiş haqidagi qarorini olqişladi. «Ukraina özini himoya qiliş huquqiga ega va bu Rossiya hududidagi qonuniy harbiy nişonlarga hujum qiliş huquqini ham öz içiga oladi», dedi u 31 may, juma kuni Pragada NATO taşqi işlar vazirlarining yiğilişi çoğida. 

Stoltenbergning sözlariga köra, bu, ayniqsa, Rossiya yangi front oçib, Xarkiv viloyatiga şimoldan hujum qilayotgani bilan boğliq. «Albatta, Ukraina zarba berib, özini himoya qila olişi kerak», - deydi u. 

Şu bilan birga, NATO boş kotibi bu qarordan kelib çiqib, keskinlaşuv xavfini körmayapti. «Rossiyaning özi boşqa davlatga hujum qilib, vaziyatni yanada oğirlaştirmoqda», — dedi Stoltenberg va bu Xarkiv viloyatiga hujumlarga taalluqli ekanini qöşimça qildi. U Germaniya va boşqa davlatlarni Ukrainaga Rossiyadagi nişonlarga özi yetkazib bergan qurollar bilan zarba yöllaşga ruxsat berişga çaqirdi. 

Oq uy Kiyevga Rossiyadagi nişonlarga zarba yöllaşga ruxsat berdi 

Bir kun oldin Amerikaning Politico naşri va CNN telekanali AQŞ prezidenti ma’muriyati Jo Baydenning körsatmalariga amal qilib, Ukrainaga Rossiya Federatsiyasi hududida Amerika qurollaridan foydalangan holda zarbalar yöllaşga norasmiy tarzda ruxsat bergani, ammo bu faqat rus qöşinlari tomonidan hujumga uçragan Xarkivni himoya etiş uçun qilinişini kerakligi töğrisida xabar berdi. 

Politico suhbatdoşlaridan birining sözlariga köra, Bayden yaqinda öz jamoasiga Ukrainaning Amerika qurollaridan foydalanişiga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişni va Ukraina Qurolli kuçlariga «Ukrainaga zarba bergan yoki zarba berişga tayyorlanayotgan Rossiya qöşinlariga javoban hujum qilişiga ruxsat berişni buyurgan. Şu bilan birga, naşr manbasi ta’kidlaganidek, Ukraina Rossiya Federatsiyasidagi fuqarolik infratuzilmasiga hujum qiliş uçun Amerika qurollaridan foydalana olmaydi yoki Rossiya hududidagi harbiy nişonlarga zarba bera olmaydi. 

Avvalroq Yyens Stoltenberg Şimoliy Atlantika alyansi mamlakatlarini Rossiya hududiga hujumlar uçun Ukrainaga yetkazib beriladigan qurollardan foydalanişga qöyilgan çeklovlarni bekor qilişga bir neça bor çaqirgan edi. Uni Çexiya va Finlandiya qöllab-quvvatladi, Germaniya bu ğoyaga qarşi çiqdi.