Qirğiziston Jogorku Keneşi spikeri Nurlanbek Şakiyev va deputat Mirlan Samiköjo xavfsizlik va oilaviy, jinsiy va gender zöravonlikdan himoya qiliş sohasidagi qonun loyihasiga qarşi çiqdi.
Parlamentning 29 may kuni bölib ötgan yiğilişida Samiköjo loyiha işlab çiquvçilar qirğiz mentalitetini unutganini aytdi, deb yozdi Kaktus.
«Biz qirğizmiz! Tasavvur qiling, agar öğlingiz bilan kelin uyda janjallaşsa, öğlingiz 10-30 kunga uydan çiqib ketişi kerak. Biz qirğiz xalqi ertaga farzandlarimizni tarbiyalay olmay qolamiz. Keling, yana bir bor öylab köraylik! Biz qirğizlar azaldan e’tiqod, qadriyatlar va urf-odatlar asosida yaşab kelganmiz. Qirğizlarni saqlab qolgan boşqa yozilmagan qonunlar ham bor: urf-odatlar, kattalarni hurmat qiliş va boşqalar. Men oiladagi zöravonlikka qarşiman, lekin biz içki qonunlarimizni oyoq osti qila olmaymiz. Biz qirğizmiz! An’analar böyiça yaşaylik. Qonunlar kerak, lekin mentalitetni unutmaslik kerak. Ertaga öğlingiz kelin bilan janjallaşib qoladi, kelin öğlingizni uydan haydab yuboradi, söngra kelin qanday qilib siz bilan birga yaşaydi?» dedi Samiköjo va loyihani qayta körib çiqiş uçun qaytarişni taklif qildi.
Şakiyev ham uning fikriga qöşildi. Uning sözlariga köra, qirğiz xalqining qonunlardan ustun bölgan yozilmagan urf-odat va an’analari bor.
«Albatta, qonunlar asosida yaşaşimiz kerak, lekin mentalitetni ham unutmasligimiz kerak», dedi spiker.
Deputat Doston Bekeşevning aytişiça, bunday holatlar sodir bölmasligi uçun oilaviy zöravonlikka qarşi qonunning hojati yöq.
«Faqat ayollarni kaltaklamang, tamom, muammo öz-özidan hal böladi! Bölmasa, urf-odatlar haqida gapirganda, xalqimiz uçun ayolni uriş odatdagi holdek tuyuladi», deb ta’kidladi u.
Biroq, deputat Doston Jumabekov dunyo böylab oilaviy zöravonlik köpayib borayotgani haqida ma’lum qilib, qonunning muhimligini ta’kidladi.
«Qirğizistonda ham sönggi paytlarda oiladagi zöravonlik holatlari köpayib bormoqda. Bunga qarşi kuraşiş uçun biz işlaydigan qonunlarni qabul qilişimiz kerak. Ehtimoliy zöravonlar jazo oğir bölişini bilişi kerak. An’analar asosida yaşasak, 18-20-asrlarga qaytişimiz mumkin!», dedi u.
Natijada deputatlar qonun loyihasini ikkinçi öqişda körib çiqiş uçun qömitaga qaytarişga qaror qildilar.












