Energetika vaziri Jörabek Mirzamahmudov 30 may kuni prezident ötkazgan yiğilişdan söng «Özbekiston 24» telekanaliga bergan intervyusida 1 maydan tariflar oşirilganidan keyin Özbekistonda elektr va gaz iste’moli qanday özgargani haqida gapirib berdi.
Uning sözlariga köra, 1-29 may kunlari elektr energiyasi iste’moli ötgan yilning şu davriga nisbatan 324 million kVt/soatga kamaygan, ya’ni «şunday miqdor tejalgan».
«Aytiş joizki, ötgan yilning şu davriga nisbatan aholi örtasida abonentlar soni 160 ming nafarga, yuridik şaxslar, ya’ni işlab çiqariş korxonalari örtasida ham abonentlar soni ortgan. Demak, abonentlar, iqtisodiyot va sanoatning ösişi bilan umumiy iste’mol kamayişi energiya tejamkorligidan dalolat beradi», — dedi vazir.
Energetika vazirligi rahbarining aytişiça, quyoş va şamol elektr stansiyalarida 970 million kVt/soat elektr energiyasi işlab çiqarilgan, bu ötgan yilning şu davriga nisbatan 700 million kVt/soatga köpdir.
«Şu bilan birga, biz elektr energiyasi importi hajmini kamaytirib, aholini elektr energiyasi bilan töliq ta’minlagan holda eksport qiliş imkoniyatiga ega böldik. Xuddi şu tendensiyani gaz böyiça ham köriş mumkin. Umumiy abonentlar sonining ösişi bilan bir qatorda may oyi 29 kunida iste’mol 125 million kub metrga kamaydi. Kundalik iste’molga e’tibor qaratilsa, issiqlik elektr stansiyalari rejadagidan 5-6 million kub metr gaz, şuningdek, kömirni 2 barobar kam yoqmoqda», — dedi u.







