Lenin – XX asrdagi eng maşhur siyosiy arboblardan. Dunyodagi birinçi sotsialistik davlat asosçisini bu davlat qulamagunça “proletariat dohiysi” deb kelişgan. Aslida esa Lenin nafaqat SSSR, balki butun dunyo tarixida ham eng şafqatsiz hukmdorlardan biridir. Uning davrida köplab rus ziyolilari mamlakatdan çiqib ketgan, sud tizimi ommaviy otuvga hukm qilişga almaştirilgan.
SSSR paytida millionlab özbek bolalari maktablarda “öqing a’lo, böling dono, degan bizga Lenin bobo” degan şe’rlarni öqib savod çiqardi. Har yili sobiq ittifoqda Lenin tuğilgan kun ommaviy ravişda nişonlanardi. Uning nomiga minglab şe’rlar bitilgan, uni uluğlovçi kinofilmlar işlangan. Aslida esa “proletariat dohiysi” nafaqat SSSR, balki butun dunyo tarixida ham eng şafqatsiz hukmdorlardan biri hisoblanadi.
Vladimir Ulyanovning bolaligi
Leninning asl familiyasi – Ulyanov. Lenin – uning taxallusi. Siyosatçi 1870 yilda Rossiyaning Simbirsk şahrida tuğilgan. Otasi – maktab ta’limini nazorat qiluvçi inspektor, onasi esa öqituvçi bölib işlagan. Ulyanov maktabda a’lo baholarga öqigan hamda tengdoşlaridan kuçli xotirasi, tartib-intizomli va qiziquvçanligi bilan ajralib turgan.
Ulyanovlar oilasi
Lenin ösmirlik vaqtida uning akasi Aleksandr podşo hukumatiga qarşi bölgan “Xalq irodasi” noqonuniy taşkilotiga aralaşgani va imperator Aleksandr III'ga suiqasd uyuştirişni rejalaştirgan guruh bilan til biriktirgani uçun hibsga olinadi va osib öldiriladi. Bu voqea 17 yoşli yigitning xotirasida çuqur iz qoldiradi va dunyoqaraşini tamom özgartirib yuboradi. Şu vaqtdan e’tiboran Ulyanovning inqilobiy faoliyati rivojlana boşladi.
1887 yilning kuzida Lenin Qozon universitetining yuridik fakultetiga öqişga kiradi, ammo uç oy içida talabalarning noqonuniy yiğilişida qatnaşganlikda ayblanib, öqişdan haydaladi. U hibsga olinib, Qozondan bobosining Kokuşkino qişloğidagi uyiga surgun qilinadi. Bir yildan söng Qozonga qaytişiga ruxsat berişadi, lekin universitet Ulyanovni qayta öqişga qabul qilmaydi. Bekorçi bölib qolgaç, inqilobiy siyosiy adabiyotlarni örgana boşlaydi. Ayniqsa, Karl Marksning “Kapital” asari unga juda kuçli ta’sir ötkazadi. Keyinçalik oilasi bilan Samaraga köçib keladi va bu yerda yana qayta yuridik fakultetga öqişga kiradi. Ma’lum muddat advokat bölib işlaydi.
Vladimir Lenin inqilobiy faoliyatining boşlanişi
Mavzuga oid
1895 yilda LeninYevropa böylab sayohat qiladi va Georgiy Plexanov (“rus marksizmining otasi” sifatida tanilgan), Vilgelm Libknext (Germaniyada sotsial-demokratik partiya asosçilaridan biri) va Pol Lafarg (fransiyalik sotsialist siyosatçi) kabi maşhur odamlar bilan uçraşuvlar ötkazadi. Vataniga qaytgaç, bir guruh hamfikrlari bilan “Işçilar sinfini ozod qiliş uçun kuraş ittifoqi” degan birlaşma tuzadi. Avtokratiyaga qarşi kuraş ğoyasini faol ravişda tarqata boşlaydi.
“Işçilar sinfini ozod qiliş uçun kuraş ittifoqi” a’zolari. Sankt-Peterburg, 1897 yil.
Bunday xatti-harakatlari uçun u yana hibsga olinadi. Bir yildan ortiqroq hibsda saqlangaç, Yenisey guberniyasiga surgun qilinadi. Uç yillik surgun 1900 yilgaça davom etadi.
Surgundan qaytgaç, Ulyanov Rossiya va Ğarbiy Yevropa böylab tarqalib ketgan rus marksistik guruhlarini yaxlit bir ijtimoiy jamiyatga birlaştiriş uçun “Iskra” va “Zarya” nomli gazetalar çiqaradi va birinçi marta öz maqolalarida Lenin taxallusini qöllaydi.
Birinçi rus inqilobi
1898 yilda Rossiyadagi barça sotsial-demokratik guruhlar “Rossiya sotsial-demokratik işçi partiyasi” deb atalgan partiyaga birlaşdi. 1903 yildan boşlab bu partiyaga rahbarlik Lenin qöliga ötdi. U bolşeviklar deb atalgan oqimga yetakçilik qilardi.
Bolşeviklar Rossiyada xususiy mulk mutlaqo bölmaydigan, jamiyat a’zolari ezuvçi va eziluvçilarga bölinmaydigan, davlat hokimiyati asosan işçilar sinfi qölida böladigan, barça mulk davlatniki hisoblanadigan jamiyatni qurmoqçi edilar. Bunday jamiyatni quriş uçun mavjud tuzumni işçilarning qurolli qözğoloni orqali ağdarib taşlaş ğoyasi tarğib etiladi.
1905 yilning 9 yanvar kuni Rossiya tarixida birinçi inqilob boşlandi. Bu inqilob Rossiya mehnatkaşlarining oğir turmuşi Rus–Yapon uruşi natijasida yanada yomonlaşib ketişi oqibatida yuz beradi. Inqilob yillarida: 1905 yildan 1907 yilgaça Lenin Şveytsariyada yaşaydi.
Birinçi rus inqilobi
Inqilob omadsiz yakunlanib, taşkilotçilari qamalgaç, partiyani töliq boşqara boşlaydi. 1907-1917 yillarda u Jyeneva, Parij, Bern, Tsyurix kabi turli şaharlarda yaşaydi.
Fevral inqilobi
Birinçi jahon uruşi arafasida Rossiya Yevropadagi eng yirik imperiyalardan biri edi va ğalla eksporti böyiça yetakçilik qilardi. Bundan taşqari, iqtisodiyot qişloq xöjaligiga ixtisoslaşgan bölsa-da, mamlakat sanoat ösişi böyiça dunyoda beşinçi örinni egallagan. Uruş natijasida vaziyat keskin özgarib ketdi. Ijtimoiy holat nihoyatda yomonlaşdi.
1917 yilning fevral oyida poytaxt Petrogradda (hozirgi Sankt-Peterburg) non va un yetişmas, ikki dona non oliş uçun soatlab navbat kutişga töğri kelardi. Bundan taşqari, uruş oqibatida köplab zavod va fabrikalar öz faoliyatini töxtatdi. Işsiz, oç qolgan şahar aholisi sovuq bilan ayovsiz kuraş olib borardi. Bu esa odamlarda norozilik kayfiyatini vujudga keltirdi. 19 fevral kuni işsiz, oç qolgan odamlar imperator saroyi tomon yura boşladi. Bu vaqtda imperator Nikolay II öz armiyasini közdan keçiriş uçun Petrograddan 700 kilometr uzoqlikdagi Mogilyov şahriga borgan edi.
Nikolay II Foto: “Argumenty i Fakty”
Peterburgda iş taşlab hukumatga qarşi namoyişga çiqqanlar soni 300 minggaça yetadi. Namoyişçilarni politsiya töxtata olmaydi. Harbiylar esa xalq yölini tösişni, odamlarni kuç bilan tarqatişni xohlamaydi. 1917 yil 28 fevral kuni hokimiyat muvaqqat hukumat qöliga ötadi va Rossiyada 300 yildan ziyod hukmronlik qilib kelgan Romanovlar sulolasi taxtdan ağdariladi.
Fevral inqilobi
Inqilob natijasida ikki hokimiyatçilik qaror topdi. Birinçisi, burjua partiyasi vakillaridan iborat Aleksandr Kerenskiy boşçiligidagi muvaqqat hukumat. Ikkinçisi, Petrograd şahar işçilari, dehqonlar va askarlar qölidagi hokimiyat.
Oktyabr inqilobi
Rossiyada alğov-dalğov boşlangan vaqtda Lenin Şveytsariyada yaşardi. 1917 yilning 3 aprel kuni keçqurun u Petrograd şahriga yetib keladi.
Rossiyani yetti oy muvaqqat hukumat boşqardi. Bu davr mobaynida Lenin boşliq bolşeviklar mamlakat böylab juda faol iş olib boradi va joylarda aholiga, işçi va dehqonlarga hukumat hanuzgaça burjuaziya qölida qolayotgani, uni albatta proletar işçi va dehqonlar egallaşi kerakligini uqtira boşlaşadi.
Muvaqqat burjua hukumati uruşni davom ettirişga qaror qildi va 1917 yil iyul oyining boşida hujumga ötiş haqida buyruq beradi. Ammo bu hujum oğir mağlubiyat bilan yakunlanadi.
Bundan foydalangan Lenin Petrograd şahri aholisini ommaviy miting uyuştirişga undab, uruşni davom ettirişga qarşilik bildirdi. 1917 yil 4 iyulda norozilik namoyişlari boşlanib ketadi. Unda 500 mingdan ortiq kişi qatnaşadi. Namoyişçilar muvaqqat hukumatning iste’foga çiqişini va hokimiyat sovetlar qöliga berilişini talab qiladi.
1917 yil 16 oktyabr kuni bolşeviklar va ularning ittifoqçilari öz rejasi böyiça harakatni boşlaydi. 18 oktyabr kuni Petrograd garnizoni muvaqqat hukumatga böysunmasligini e’lon qildi va sovetlarni yagona qonuniy hokimiyat sifatida tan oladi. 24 oktyabr kuni harbiylar Petrogradning muhim nuqtalari hisoblangan temiryöl stansiyalari, köpriklar, banklar, telegraflar, bosmaxonalar va elektr stansiyalarini egallab oldi. Şunday qilib, 1917 yil 25 oktyabr kuni Rossiyada navbatdagi inqilob boşlanadi.
Foto: V.A.Serov kartinasi
26 oktyabr kuni işçi, askar va dehqonlarning murojaatnomasi e’lon qilindi. Unda muvaqqat hukumat ağdarilgani, hokimiyat tölaligiça sovetlar qöliga ötgani aytilgandi. Lenin boşçiligida Xalq Komissarlari Kengaşi (XKK) tuziladi.
Boşqaruvni öz qöliga olgan Lenin maxfiy tarzda podşoh va uning oila a’zolarini yöq qilişga buyruq beradi. Şu tariqa, imperator Nikolay II, uning rafiqasi Aleksandra Feyodorovna va imperatorning qizlari Olga, Tatyana, Mariya hamda 13 yoşli merosxör şahzoda Aleksey saroy yertölasiga olib tuşilib, vahşiylarça otib taşlanadi.
Lenin nemis josusi bölganmi?
Turli xil manbalarda Leninning nemislar bilan çuqur aloqalari haqida ma’lumotlar keltirilgan. 1917 yil boşlariga kelganda Germaniya ikki frontda jang olib borişga qiynalib qoladi. Imperator Vilgelm II boşçiligidagi hukumat bosimni kamaytiriş uçun Rossiyani Birinçi jahon uruşidan çiqariş rejasini tuza boşlaydi.
Rossiyada inqilob boşlangan paytda Ulyanov Şveytsariyada muhojirlikda yaşar edi. 1917 yil aprel oyida u Germaniya orqali Rossiyaga qaytadi. Bu esa unga nisbatan şubhalarni köpaytiradi. Mamlakatni boşqarayotgan muvaqqat hukumat uni nemis josusi deya e’lon qiladi. Bu bayonot hozirgaça bahslidir. U nemislardan olingan pullar evaziga dunyodagi birinçi qizil inqilobni taşkillaştirişda gumonlanadi. Maxfiy kelişuvga köra, Lenin bolşeviklar partiyasining rahbari sifatida Rossiyaga kelib, hokimiyatni qölga olişi va mamlakatni Birinçi jahon uruşidan çiqib ketişini ta’minlaşi kerak bölgani aytiladi.
1918 yil 3 martda Brest şahrida Germaniya va Rossiya örtasida tinçlik şartnomasi imzolanadi. Şartnomaning şartlari Rossiya uçun juda oğir edi. Şartnomaga köra, Rossiya öz qöşinini töla demobilizatsiya qilişi, harbiy flotini portlarga qaytarişi lozim bölgan. Şuningdek, Rossiya Boltiqböyi, Polşa, Finlandiya va Ukrainadan voz keçar edi. Ukraina va Finlandiya mustaqil davlatlar deb tan olinadi. Kavkazdagi Kars, Ardagan va Batumi Turkiyaga beriladi.
Brest şartnomasining imzolanişi Foto: ARCHYVAS
Brest sulhi 1918 yil 13 noyabrda, Germaniyada inqilob bölganidan keyin şöro hukumati tomonidan bekor qilinadi.
Leninga uyuştirilgan suiqasd
1918 yilda Fanni Kaplan ismli anarxist ayol Leninga 3 marta öq uzib, uni yaralaydi. Şundan söng “proletariat dohiysi”ning salomatligi yomonlaşadi va faol siyosatdan asta-sekin çekina boşlaydi.
Ketma-ket ravişda bir neça marotaba insultni boşidan keçiradi va nutq hamda harakat imkoniyatlarini yöqota boşlaydi.
1923 yilda soğliğidan butunlay ajralib, nogironlar aravaçasiga ötirib qoladi. 1924 yil 21 yanvar kuni Lenin miyasiga qon quyilişi tufayli ölim topadi. Ayrim manbalarda uning ölimiga neyrosifilis sabab bölgani, vafoti oldidan butunlay aqldan ozib, qilgan gunohlari uçun öz yaqinlaridan uzr söragani, tortib olingan mol-mulklarni xalqqa qaytarib berişni aytgani keltiriladi.
Keyinçalik uning jasadiga balzam suriladi va Moskvadagi Qizil maydonda maqbara qurilib, unga joylaştiriladi. Haligaça Leninning murdasi dafn qilinmagan. Bu masala bir neça bora kötarilgan bölsa-da, uni amalga oşiriş turli sabablar bilan bekor qilingan.
Moskvadagi Lenin maqbarasi
Qizil terror taşkilotçisi
Lenin mamlakatda olib borilgan qizil terror siyosatining taşabbuskori va asosiy taşkilotçilaridan biri edi. U ommaviy terrorni boşlab, öziga böysunmaganlarni qatl etiş, “işonçsiz” odamlarni konslagerlarga jönatişga körsatma beradi. Davlat xodimlarini öldiriş rağbatlantiriladi. Uning davrida talonçilik, bosqinçilik avj oladi.
Mamlakatda harbiy kommunizmni joriy qilinadi. Örtahol fuqarolarning ham uy-joyi va mol-mulklari musodara qilinadi. Yirik mol egalarining banklari, zavod va fabrikalari, tegirmonlari, kiçik tadbirkorlarning ustaxonalarigaça olib qöyiladi. 1921-1922 yillarda Lenin taşabbusi bilan aholidan oziq-ovqatlarning olib qöyilişi natijasida beş milliondan oşiq odam oçlikdan ölib ketadi.
SSSR qulaganidan keyin Lenin olib borgan siyosat tahliliy va tanqidiy ravişda örganiladi. Ayrim tarixçilar uni “rusofobiyaning asosçisi” deb ham ta’riflagan. Xususan, Igor Buniç özining “Partiyaning oltinlari” kitobida Ulyanovning bir iborasini keltirib ötgan: “Rossiyaga tupurganman, çunki men bolşevikman”. U hukmronlik qilgan vaqtda köplab rus ziyolilari mamlakatdan çiqib ketadi. Sud tizimi ommaviy otuvga hukm qilişga almaştiriladi. Buning oqibatida millionlab insonlar qurbon böldi.
Markaziy Osiyodagi turkiy xalqlarning bölib yuborilişi
Leninning rahbarligi ostida Qizil armiya tuzilgan, SSSR deb atalgan yangi davlat taşkil topgan. Aynan şu davrda sovet rejimi tomonidan Turkiston xalqlarining azaliy birligi va yaxlitligini barbod qiliş maqsadida ularni ajratib taşlaş boşlanadi.
1920 yilning 13 iyunida Turkkomissiya qarori loyihasini şaxsan körib çiqqan Lenin Turkistonni bir neça qismlarga parçalab taşlaşni, ularning xaritasini tuziş zarurligi böyiça alohida körsatma beradi. Natijada yangi çegaralar sabab mintaqa davlatlari orasida keskinlik paydo böldi. Bir millat öziniki deb da’vo qiluvçi hudud boşqasiga berildi va şu orqali ular bir-biriga duşman qilib qöyildi. Uşbu siyosat öz mevasini SSSR tarqalgandan keyin berişni boşladi. Siyosiy çegaralar xalqlar uzoqlaşuviga olib keldi.
Çegaralarning tabiiy suv havzalarini e’tiborga olmagan holda bölinişi ortidan mustaqillikdan keyingi davrda suv resurslarini boşqariş va taqsimlaşda muammolar paydo böldi. Özbek, tojik va qirğiz etnik guruhlari yaşaydigan hududlarning ataylab boşqa bir davlat hududiga qöşib yuborilişi sun’iy konfliktlarga sabab böldi va asrlar davomida aka-uka bölib yaşagan xalqlari örtasida kelişmoçiliklarni keltirib çiqardi.
Xulosa örnida aytiş lozimki, SSSR davrida Lenin qaraşlari mutlaqlaştirilib, uning faoliyati va şaxsiy hayoti ilohiylaştirildi. Uning fikrlariga salgina şubha bilan qaraganlar yöq qilindi. Biroq Rossiyadan xorijga çiqib ketgan ziyolilarning köpçiligi öşa paytdayoq uning “kommunizm quriş” rejasi xomxayol ekanini aytişgan. XX asrning 80 yillari oxiri – 90 yillari boşiga kelib Şarqiy Yevropada sotsializmning tanazzulga uçraşi va SSSRning parçalanişi oqibatida Lenin nazariyasi asossiz ekani uzil-kesil isbotlandi. Mustaqillikdan keyin, sobiq sovet mamlakatlarida uning nomi berilgan köçalar va xiyobonlar qayta nomlandi, haykallari esa olib taşlandi. Lenin şaxsiga siğiniş tugatildi.