Şvetsiya, Norvegiya va Islandiya Ukraina bilan xavfsizlik böyiça ikki tomonlama şartnomalar tuzdi va Kiyevga yangi yordam paketlarini e’lon qildi. Bitimlar Stokholmda 31 may, juma kuni «Ukraina-Şimoliy Yevropa» sammitida imzolangan.
Şvetsiya 2024-2026 yillarda Rossiyadan himoyalanayotgan Ukrainaga 6,5 milliard yevro ajratadi. Paketga ASC 890 razvedkaçi-samolyotlari - «uçar radarlar» kiradi. Kelgusida Ukraina JAS 39 Gripen qiruvçilarini ham olişi mumkin. Bundan taşqari, Stokholm Ukrainaga zirhli texnika, öq-dorilar, artilleriya va havo hujumidan mudofaa tizimlarini yetkazib beradi.
Islandiya 2024-2028 yillar uçun Ukrainaga yillik moliyaviy yordam miqdorini 4 milliard krona (29 million dollar) qilib belgiladi. Reykyavik NATO ittifoqçilaridan Ukrainaga harbiy yordam taşişni davom ettirişga, şuningdek, mamlakatga iqtisodiy va gumanitar yordam körsatişga va’da berdi.
Norvegiya joriy yilda Ukrainaga yordam beriş uçun taxminan 1,2 milliard yevro ajratmoqda. U Kiyevga F-16 qiruvçi samolyotlari, NASAMS havo mudofaa tizimlari va jihozlarini topşiriş niyatida hamda Ukraina Havo kuçlarini rivojlantirişga yordam beradi.
Stokgolmda bölib ötgan uçraşuvda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Şvetsiya, Islandiya va Norvegiya boş vazirlari Ulf Kristersson, Byarni Benediksson hamda Yonas Gar Styorga qöllab-quvvatlaganliklari uçun minnatdorçilik bildirib, Rossiyaga qarşilik körsatiş faqat birgalikdagi sa’y-harakatlar bilan amalga oşirilişi mumkinligini ta’kidladi. Zelenskiy, şuningdek, Kremlni uruşni kengaytiriş, xususan, Şveytsariyadagi «tinçlik sammiti»ni buziş va Boltiqböyi mintaqasida provokatsiyalar uyuştiriş niyatida aybladi.








