Istanbulning ğarbiy qismida 4 qavatli turar joy binosi qulab tuşdi. Hodisa oqibatida bir kişi halok bölib, 8 kişi jarohatlangan.
Kuçukçekmejye tumanida joylaşgan bino yakşanba kuni mahalliy vaqt bilan ertalab soat 8:45 da qulagan. Hodisa sabablari aniq emas, portlaş yoki seysmik faollik belgilari kuzatilmagan.
Voqea joyiga kelgan şahar meri Dovud Gul vayronalar ostidan 7 kişi çiqarib olinganini aytdi. Keyinroq meriya yana bir kişi qutqarilgani, 1 kişining jasadi topilganini ma’lum qildi.
Bino bundan 36 yil avval qurilgan bölib, uning yuqori ikki qavatida odamlar yaşagan, pastki ikki qavatida esa tadbirkorlar faoliyat yuritgan.
Atrof-muhit, urbanizatsiya va iqlim özgarişi vaziri Mehmet Özhasekining sözlariga köra, bino qurib bitkazilgaç, uning ustiga bir qavat qöşimça noqonuniy quriliş qilingan. Birlamçi tekşiruvlarda bino arxitektura-muhandislik standartlarini buzgan holda qurilgani, qurilişda dengiz qumi işlatilgani aniqlangan.
Voqea Istanbuldagi uy-joylarning zilzilaga bardoşliligi böyiça xavotirlarni kuçaytirdi. Ötgan yili fevralda Turkiya va Suriya hududlarida röy bergan 7,8 magnitudali zilzila va köplab afterşoklar oqibatida Turkiyada 53 mingdan ortiq, Suriyada 6-8 ming atrofida qurbonlarga olib kelgandi.
Bu halokatli zilziladan keyin Istanbulda “istalgan daqiqada” qulab tuşişi mumkin bölgan uylarni buziş boşlangan edi. Şahar meriyasiga köra, gap 10 ming kişi istiqomat qilayotgan 318 ta bino haqida ketyapti. Yana 1,5 mingta turar joy yuqori xavf guruhiga kiritilgan.
16 milliondan ortiq aholi yaşaydigan Istanbul şahri Şimoliy Anadolu tektonik plita yoriği yaqinida joylaşgan. 1999 yildagi zilzilada Istanbulda 18 mingdan ortiq odam halok bölgan.








