Köpçilik agar bola tabiiy tuğuruq bilan emas, balki kesarça kesiş usulida tuğilsa, soğlomroq böladi deb hisoblaydi. Çindan ham şundaymi? Kun.uz şu kabi qator savollarga javob oliş uçun mutaxassislar fikrini örgandi.

Bir kunning özida dunyoda örtaça 385 ming bola tuğiladi. Ona bolasini 2 xil usulda: tabiiy va kesarça kesiş usuli bilan tuğişi mumkin. Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti ruxsat bergan me’yorga köra, jami tuğuruqlarning 10-15 foizi kesarça kesiş usuli bilan amalga oşirilişi kerak. Biroq kesarça kesiş usulida farzand dunyoga keltiriş körsatkiçi yildan yilga oşib boryapti. Hozir dunyo böyiça 21 foiz tuğuruq kesarça kesiş usulida amalga oşiriladi. 2030 yilga borib bu körsatkiç 29 foizga yetişi prognoz qilingan.

Kesarça kesiş usulida farzand dunyoga keltiriş faqatgina şifokor körsatmasiga binoan amalga oşirilişi kerak. Şunda ona va bolada yuzaga kelişi mumkin bölgan köp kasalliklarning oldini oliş, ölim holatlarini kamaytiriş mumkin.

Aksinça, agar zaruratsiz holatda ham kesarça kesiş amaliyoti bilan tuğuruq ötkazilsa, bu onaga ham, bolaga ham zararli bölişi mumkin.

Özbekistonda agar şifokor körsatmasi bölmasa, kesarça kesiş usulida tuğişga ruxsat berilmaydi. Faqat körsatma mavjud holatlardagina bu amaliyotga ruxsat beriladi.

Respublika perinatal markazi akuşer ginekologi Umida Yunusbekova kesarça kesiş operatsiyasi jiddiy operatsiya ekanini, agar körsatma bölmasa, şifokorlar bu turdagi operatsiyani öz-özidan ötkaza olmasligini ta’kidladi:

“Kesarça kesiş usulida tuğuruq uçun absolyut va nisbiy körsatmalar mavjud. Baçadonda 2 ta çandiqning bölişi (2 marta kesarça kesiş usulidagi tuğuruq), yöldoşning oldinda joylaşişi, ayolda yurak-qon tomir kasalliklari yoki boşqa qöyilgan turli diagnozlar bilan kesarça kesiş usulida tuğiş tavsiya qilinişi mumkin. Bundan taşqari, bolaning holatiga qarab ham kesarça kesiş usulida tuğuruq tanlanişi mumkin”.

Tuğuruq bola uçun nega muhim?

Respublika perinatal markazi bölim mudiri Umida Azimovaning qayd etişiça, tabiiy tuğuruq vaqti çaqaloq uçun tuğuruq stressi hisoblanadi va bu payti unda kotexolomin gormoni ajralib çiqişiga sabab böladi. Bu modda bolaning öpka suyuqligi sörilişiga yordam beradi. Va bu jarayonda bolaning birinçi yiğisi, nafas olişi, muşak tonuslari faollaşişi, reflekslari paydo bölişi sodir böladi. Ya’ni bola taşqi muhitga moslaşa boşlaydi.