Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu HAMAS yöq qilinmagunça Ğazoda doimiy sulh bölişi mumkin emasligini aytdi va bu bilan AQŞ prezidenti Jo Bayden taklif qilgan va falastinliklar qöllab-quvvatlagan sulh rejasining muddati va mazmuni masalasini kötardi. Bu haqda Reuters yozdi.
Bayden 31 may kuni Isroil öz qöşinlarini qisman olib çiqiş va garovdagilarning ba’zilarini ozod qiliş bilan 6 haftalik dastlabki sulhni öz içiga olgan kelişuvni taklif qilganini, ikki tomon esa vositaçilar iştirokida «harbiy harakatlarni butunlay töxtatiş» uçun muzokaralar olib borişini aytgan edi.
Biroq, Netanyahuning 1 iyun kungi bayonotida aytilişiça, Isroil «Hamasning harbiy va boşqaruv salohiyati yöq qilinmagunça» doimiy öt oçişni töxtatişga rozi bölişi haqidagi har qanday fikr «muvaffaqiyatsizdir».
HAMAS 31 may kuni «ijobiy va konstruktiv tarzda» hamkorlik qilişga tayyorligini aytdi, biroq guruhning yuqori martabali amaldorlaridan biri Mahmud Mardaviy Qatar televideniyesiga bergan intervyusida hozirça taklif tafsilotlarini olmaganligini ma’lum qildi.
«Bosqinçi armiyani olib çiqib ketiş va öt oçişni töxtatiş talabi bajarilmagunça heç qanday kelişuvga erişib bölmaydi», dedi u.
AQŞ qöllab-quvvatlaşi va Misr bilan Qatar vositaçiligidagi tinçlik muzokaralari bir neça oydan beri asosiy masalalardagi tortişuvlar tufayli boşi berk köçaga kirib qolgan. Isroil garovga olingan barçaning ozod qilinişi evaziga uruşni vaqtinça töxtatib turiş, söngra HAMAS tahdidini yöq qiliş uçun yana davom ettirişga tayyor edi. HAMAS esa har qanday kelişuv ortidan Isroilning öt oçişni butunlay töxtatiş böyiça xatti-harakatlarini, jumladan, qöşinlarning butunlay olib çiqilişini istamoqda.








