Isroildagi saylovlarni kuzatiş nima uçun muhim? Yaqin Şarq – dunyo geosiyosati, energetik xavfsizligi, dunyodagi yirik dinlar va sivilizatsiyalarning tarixiy markazi. Şuning uçun Isroil joylaşgan Yaqin Şarqni kuzatiş, tahlil qiliş nihoyatda muhim. Qolaversa, Isroil – unikal davlat. AQŞ eng yirik iqtisodiyot va harbiy qudrat bölar ekan, Isroil va uning lobbisi AQŞ içki va taşqi siyosatiga, eng katta taʼsir qila oladigan davlat hisoblanadi.
Isroildagi bu safargi saylovlar bir qança sensatsiyalar olib keldi. Birinçidan, hokimiyat uçun kuraşgan ikki siyosiy blokdan birontasi kerakli köpçilikni, 60 örindan ziyodroq deputatlik joylarini egallay olmadi. Ikkinçi muhim yangilik – Isroil tarixida birinçi marta uşbu davlatning arab aholisi juda faol böldi va arab partiyalari Knessetda 17-19 tagaça örin olişi mumkinligi ayon böldi.
Demak, Isroil aholisi taxminan 11 million atrofida bölsa, uning 21 foiz aholisi, yaʼni taxminan 2,1 millioni – etnik arablar hisoblanadi. Bu arablar Isroil fuqaroligiga ega, demakki, ovoz beriş, saylaş va saylaniş huquqiga ega. Biroq Isroilda arab aholisiga munosabat oddiy emas. Mamlakat hokimiyati özining arab aholisini “ikkinçi navli” odamlar sifatida köradi, ularni harbiy xizmatga çaqirmaydi, boşqaruvga yaqinlaştirmaydi, elektoral faollik siyosiy taʼsirga aylanişini çeklaşga urinadi.
Mana, endi Isroilda hukumatni şakllantiriş uçun ikkita siyosiy blok, alyans kuraşmoqda. Biri – boş vazir Netanyahu koalitsiyasi. Ikkinçisi – sobiq boş qömondon, boş harbiy ştab boşliği, general Ayzinkot bloki. Netanyahu bloki jami bölib 54 deputatlik mandatini qölga kiritdi. Biroq hukumatni şakllantiriş uçun Netanyahuga 7 deputat yetişmaydi. Ayzinkot koalitsiyasi esa jami 48 örin egalladi. Hukumat şakllantiriş va vazirlar mahkamasidagi portfellarni bölib olişi uçun ularga kamida 13 deputatlik ovozi yetişmayapti.
Bu saylovlar markazida Netanyahu şaxsiyati turibdi. Uşbu saylovda Isroil aholisi bitta tamoyil asosida bölindi – Netanyahu tarafdori yoki Netanyahuga qarşilik. Boşqa masalalar Netanyahu şaxsiyati kabi muhim va fundamental emas. Aytiş kerakki, Netanyahu Isroil tarixida eng uzoq muddat, eng köp marta boş vazir bölgan siyosatçi hisoblanadi. U 1996-yildan beri bir neça marta boş vazir kreslosini egallagan siyosatçi. Şuning uçun aynan Netanyahu Isroil elitasida eng yomon köriladigan şaxs hisoblanadi, lekin Isroil jamiyatida hali ham uning tarafdorlari kam emas. Agar ötgan safargi, 2022-yildagi parlament saylovlari bilan qiyoslasak, Netanyahu bloki ança örin yöqotdi: ular 2022-yilda 64 örinni egallab, bemalol hukumat tuzgan edi. Bu safar 11 örin past ovoz olişdi (yakuniy natijalar hali maʼlum emas).
Biroq unga muxolifatda bölgan Ayzinkot bloki ham yetarliça ovoz ololmadi. Şunda endi Isroil hukumati taqdirini 19 ta deputatlik örin olgan arab partiyalari hal qiladimi? Buning ehtimoli u qadar yuqori emas. Asosiy sabab – Isroildagi siyosiy öyin qoidasi, siyosiy mafkura.
















