Qarşi şahrida fuqarolarga maşina olib berişni va’da qilib, ularning 22 000 dollarini qölga kiritgan şaxs aniqlangan. Bu haqda Boş prokuratura huzuridagi departament xabar bermoqda.
Ma’lum qilinişiça, departamentning Qarşi şahri bölimi tomonidan ötkazilgan tergovga qadar tekşiruvda fuqaro A.Yu. ikki kişiga avtosalondan şartnoma asosida qisqa muddatda Cobalt va Malibu maşinalarini olib berişini aytib, ulardan 22 000 dollarni firibgarlik yöli bilan qölga kiritgan.
Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.








