Sirdaryo viloyati markazi Guliston şahrida joylaşgan lak-böyoq işlab çiaruvçi korxonada yonğin sodir bölgan. Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar bermoqda.

Ma’lum qilinişiça, 2024 yil 1 iyun kuni soat taxminan 21:35 larda viloyat FVBga Guliston şahridagi lak-böyoq işlab çiqaruvçi korxonada yonğin sodir bölayotgani haqida xabar kelib tuşgan.

Voqea joyiga zaruriy yonğin-qutqaruv avtomobillari va vositalari jalb etilgan. Holat viloyat hokimligi, FVB, IIB rahbariyati tomonidan nazoratga olingan.

Yonğin-qutqaruv ekipajlari tomonidan soat 23:35 da yonğin töliq öçirilgan. Hodisa oqibatida korxona binosining tom qismi hamda bino hududida bölgan ikkita yuk taşuvçi avtomobil yonib ketgan.

Qayd etilişiça, hozirda yonğin sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.