Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi ayol Z.Z. IIBga murojaat qilib, özining uyatli foto hamda videotasvirlari noma’lum şaxs tomonidan Telegram’da tarqatib yuborilganini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar bermoqda.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bölinmalari tomonidan ötkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, uşbu jinoyatni Qaşqadaryo viloyatida yaşovçi yigit X.A. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvçi sifatida tergov organlariga jalb etilgan yigit ayol bilan ma’lum vaqt işqiy munosabatda bölib kelgan va uning turli behayo fotosuratlarini Telegram orqali qölga kiritib, tarqatib yuborgan.

Qayd etilişiça, mazkur holat yuzasidan X.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 141 prim 3-moddasi 1-qismi (şaxsning şa’nini va qadr-qimmatini kamsituvçi hamda inson hayotining sir tutiladigan tomonlarini aks ettiruvçi ma’lumotlarni oşkor qiliş) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Ma’lumot uçun, Jinoyat kodeksining 141 prim 3-moddasi 1-qismidagi jinoiy xatti-harakatlar uçun 360 soatdan 480 soatgaça majburiy jamoat işlari yoki bir yildan uç yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud uç yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi nazarda tutilgan.