Ijtimoiy tarmoqlarda Qaşqadaryo viloyati adliya boşqarmasi boşliği Salohiddin Nuriyev va bloger örtasidagi suhbat videosi tarqaldi. Adliya vazirligi holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirdi.

Videoda körinişiça, bloger boşqarma boşliğiga qarata:

“Agar davlat xizmatçisini ijtimoiy tarmoqlarda tanqid qiliş taqiqlanadigan bölsa, öşa davlat xizmatçisi davlat budjetidan oylik olmasligi kerak. Çunki, bizlar tölagan soliqdan ular oylik olyapti”, deya fikr bildirgan.

Salohiddin Nuriyev esa uning bu fikrlariga qarşi fikr bildirgan hamda xalq puli degan narsa yöqligini aytgan.

“Soliqni hamma tölaydi, bitta siz emas. Şu jumladan, oylik olayotgan odamning özi ham tölagan soliqning ma’lum bir qismi aylanib keladi. Xalqning mulki, xalqning puli degan narsa bu davlat budjetiga ötdimi, davlatning puliga aylanadi öz-özidan. U qanaqa yöl bilan şakllanişi ikkinçi masala. Çunki unda hamma iştirok etadi”, deya ta’kidlagan Nuriyev.  

Adliya vazirligi rasmiy munosabat bildirib, holat örganilayotganligini ma’lum qildi. 

«Hozirda, mazkur holat vazirlik tomonidan örganilmoqda, örganiş yakunlari böyiça holatga baho beriladi.

Şu bilan birgalikda, davlat organlari öz faoliyatida xalq oldida hisobdor ekanligi Konstitutsiyada belgilab qöyilganligi, Adliya vazirligi faoliyati şu jumladan, jamoatçilik oldida qat’iy hisobdorlik prinsipi asosida taşkil etilganligi ma’lum qilinadi.

Xususan, Özbekiston Konstitutsiyasiga köra, xalq davlat hokimiyatining birdan bir manbaidir. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor şaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas’uldirlar. 

Barça fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari belgilangan tartibda, şu jumladan Özbekiston Respublikasi Davlat budjetining şakllantirilişi hamda ijro etilişi ustidan jamoatçilik nazoratini amalga oşirişi mumkin», deyiladi vazirlik munosabatida.