Iyun oyining birinçi iş haftasi davomida Özbekiston böyiça quruq ob-havo bölişi kutilmoqda.
“Özgidromet” xabariga köra, faqat ayrim toğoldi va toğli hududlarda, şuningdek, 4−5 iyun kunlari Farğona vodiysi viloyatlari böyiça ba’zi joylarda jadalligi kamroq bölgan momaqaldiroqli qisqa muddatli yomğir yoğişi mumkin.
Uşbu kunlarda respublika hududining katta qismida qulay harorat foni saqlanib turadi, haftaning birinçi yarmida harorat +29...+32 daraja, haftaning ikkinçi yarmida +32...+35 daraja böladi. Faqat janubda va çöl hududlarda harorat kunduz kunlari +36...+39 darajagaça kötariladi.
Şamol 7−12 m/s tezlikda esadi, 3−5 iyunda respublika böyiça ba’zi joylarda 13−18 m/s gaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözonlar bilan kuzatilişi mumkin.
Poytaxtda havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan özgaruvçan böladi. Şamol şarqdan birozdan örtaça tezlikkaça esadi. Harorat 3−5 iyunda +30...+33 daraja, 6−7 iyunda +32...+35 daraja böladi. Harorat asosan keçalari +18...+21 darajagaça böladi.








