«Barçamiz a’lo kayfiyatdamiz, köpçilik jamoasi safida mavsumni yakunlab, milliy jamoaga keldi. Ha, biz JÇ-2026 2-saralaş bosqiçida guruhdan çiqiş vazifasini bajarganmiz, şunga qaramay 1-örinni egallaş biz uçun muhim. Bor kuçimiz bilan harakat qilamiz.
Keyingi mavsumni qayerda ötkazaman? «Roma» bilan şartnomam böyiça «Kalyari»dan yana Rim klubiga qaytdim. Buyoğiga nima bölişini köramiz.
Olimpiadaga boramanmi? Çaqirişsa boramiz (kuladi). Klub ham ruxsat berişi kerak. Murabbiy istasa, Olimpiadaga boriş men uçun şaraf bölardi.
Turkmaniston 3-örinni egallaş uçun ham oçko uçun köproq harakat qiladi. Ammo biz uyda yutişimiz şart deb öylayman. Eron bilan bahs öziga xos derbiga aylanadi, deb öylayman. Şu bois bu bahs ham biz uçun juda muhim.
«Ozodi»dagi bosim? Ha, u yerda bir marta öynaganman, ammo yutiş uçun bunga e’tibor bermaslikka harakat qilamiz», - deya Şomurodovning sözlarini keltiradi Tribuna.uz muxbiri.
Ma’lumot uçun, Özbekiston 6 iyun kuni Toşkentda Turkmanistonga qarşi, 11 iyunda esa safarda Eronga qarşi maydonga tuşadi. Eron va Özbekiston Ye guruhida dastlabki ikki örinni egallab, hal qiluvçi bosqiçga çiqiş masalasini hal qilib ulgurgan. Bu bahslardan keyin guruh ğolibi nomi ma’lum böladi. Har ikki jamoa hisobida 10 oçkodan mavjud.








