Ukrainada uruşning 831-kuni ötdi. Asosiy ma’lumotlar:

  • Vitse-prezident Kamala Harris AQŞ nomidan Şveytsariyadagi tinçlik sammitida iştirok etadi.
  • Niderlandiya Ukrainaga özi yetkazib berişni va’da qilgan 24 dona F-16 qiruvçi samolyotlaridan Rossiyadagi nişonlar böylab zarba berişga ruxsat berdi.
  • Safarbar qilinganlarning rafiqalari va onalari RF mudofaa vazirligining Moskvadagi binosi oldiga kelişdi. Ular yangi vazir bilan uçraştirişni talab qilişgan.
  • Ukrainada rossiyalik harbiylar ukrain asirlarini SSSR madhiyasini kuylaşga majbur qilgani aks etgan videoyozuv yuzasidan tekşiruv boşlandi.
  • «Verstka»: Rossiyada jang qilişdan boş tortgan safarbar qilinganlarni zörlik bilan Ukrainaga yuboriş boşlandi.
  • «Ular uçraşi mumkin bölgan qarşilikning jiddiyligini töğri baholamayapti». RF TIV — Ukraina AQŞ qurollaridan Rossiya böylab zarba berişiga qöyilgan taqiq bekor qilingani yuzasidan.
  • Rossiya qöşini Xarkiv oblastidagi dam oliş bazasiga zarba berdi.
  • The Washington Post gazetasi Ukraina Amerika qurollari bilan Rossiyadagi nişonlarga zarba yöllaşga ruxsat olişi tafsilotlarini hikoya qildi.

Ukraina qurolli kuçlari pozitsiyasida tong otişi

Ukrainaning köplab oblastlarida ikki yildan oşiq vaqtdan buyon janglar tun-u kun davom etmoqda, faqat ularning oraliğida kiçik tanaffuslar yuzaga kelişi mumkin. Luhansk oblastidagi Serebryansk örmoni hududida jang qilayotgan «Azov» brigadasi ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida janglarning yangi kuni boşlanişini şunday tasvirlaydi: «Duşman zarbalari tufayli har kuni özgaruvçi örmon borgan sari oçiq maydonga aylanib bormoqda. Harbiy harakatlarning har kunida qaçondir daraxtlarga töla bölgan joy landşafti tanib bölmas darajada özgarmoqda va piyodalar deyarli har kuni atrof özgarişiga moslaşişga majbur». Quyida keltiriladigan tasvirlar 30 may kuni Donetsk oblastida Ukraina QK bölinmalaridan biri mudofaalanayotgan pozitsiyada olingan. S’yomka vaqtida ukrain harbiylari rossiyaliklardan taxminan 200 metr masofa berida turardi.

Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Madeleine Kelly / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA