Toşkent va Xivada milliy koloritga ega şarq bozori taşkil etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbari soha vakillari va tadbirkorlari bilan muloqot qilib, ularning muammolari va takliflarini eşitdi.
Muloqotda tadbirkorlar tomonidan bildirilgan:
- xorijiy davlatlardan keladigan pensiya yoşidagi sayyohlarning Özbekistonda olti oygaça vizasiz bölişi tartibini işlab çiqiş;
- kamida 100 nafar xorijiy iştirokçisi bölgan uç kunlik biznes tadbirni taşkil qilganlarga tadbirdan olingan daromad soliğini 50 foizga kamaytiriş, qöşilgan qiymat soliğining yarmini qaytariş tizimini joriy qiliş;
- Toşkentdagi Çorsu bozori va Xivada milliy koloritga ega şarq bozorini taşkil etiş;
- bolalar oromgohlarini xususiy şeriklik asosida rivojlantiriş kabi fikrlarni çuqur örganib, ularning yeçimi böyiça aniq takliflar kiritiş topşirildi.
Öz navbatida, prezident sohani qöllab-quvvatlaş maqsadida turizmni rivojlantiriş böyiça jamoatçilik kengaşini tuzişni taklif qildi. Bu taşabbus uçraşuvda iştirok etgan turizm sohasi vakillari tomonidan qöllab-quvvatlandi.








