Boş prokuratura huzuridagi departament hamda DXXning Andijon viloyati boşqarmalari tomonidan tezkor tadbir ötkazildi.
Unda, fuqarolar M.R., M.Ya. va boşqalar oldindan özaro til biriktirib, fuqaro A.S.ning işonçiga kirib, tanişlari yordamida Asaka tumani “Uluğbek” MFY hududida joylaşgan 20 sotix zaxiradagi yer maydoni hujjatlarini uning nomiga rasmiylaştirib berişi evaziga 8000 AQŞ dollarini olgan vaqtlarida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Şu kabi, departament hamda DXXning Jizzax viloyati boşqarmalari tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.
Unda, “Tuyatortar” QLI irrigatsiya tizimi şu’ba bölim boşliği Q.X. fuqaro O‘.S.ning işonçiga kirib, unga tanişlari yordamida uşbu irrigatsiya tizimiga qaraşli 1 gektar yer maydonini hujjatlarni rasmiylaştirib olib berişi evaziga 500 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora beriş) bilan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari ötkazilmoqda.








