Andijonda tanasini yurib ketayotgan maşinadan çiqarib uyatli qiliqlar qilgan 17 yoşli qizga va haydovçiga çora körilgan.

Viloyat IIB YHXB axborot xizmatining xabar berişiça, holat 2024 yil 4 iyun kuni soat 23:50 larda sodir bölgan.

2004 yilda tuğilgan K.A. “Jyentra”da Andijon şahrida harakatlanayotganda yölovçi sifatida ketayotgan 2007 yilda tuğilgan T.M. maşina oynasidan tanasini çiqarib uyatli harakatlar qilgan. Holat tasvirga olinib ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Mazkur holat yuzasidan, ötkazilgan tezkor suriştiruv işlari davomida qoidabuzar hamda huquqbuzar şaxslar aniqlangan. Haydovçi maşinani tegişli hujjatlarsiz boşqargan va YPX xodimining qonuniy talabiga böysunmagan.

Qayd etilişiça, haydovçiga nisbatan MJtKning 135-moddasi (tegişli hujjatlarsiz transport vositasini boşqariş) 194-moddasi (içki işlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) bilan, qizga esa MJtKning 138-moddasi (transport vositasi harakatlanayotgan vaqtda yölovçi tomonidan tana qismlarini (qöldan taşqari) salondan çiqariş bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylaştirilgan.