AQŞ prezidenti Jo Bayden Meksika bilan çegarani noqonuniy kesib ötgan muhojirlarga siyosiy boşpana berişni vaqtinça taqiqlovçi farmonni imzoladi, deb xabar berdi 4 iyun, seşanba kuni Oq uy matbuot xizmati.
Çeklovlar 5 iyundan kuçga kiradi, biroq AQŞ-Meksika çegarasida bir hafta içida noqonuniy qoçqinlarning kunlik hibsga olinişi soni 2500 nafardan oşsagina amalga oşiriladi, deya xabar bermoqda Reuters Bayden ma’muriyatidagi manbalarga tayanib. Şu bilan birga, agar kunlik hibsga olişlar soni 1500 ga tuşsa, AQŞning janubiy çegarasi qayta oçilişi mumkin, bu çoralar AQŞda qoliş uçun qonuniy asosga ega bölmagan şaxslarni çiqarib yuboriş jarayonini osonlaştiriş uçun möljallangan.
Yangi çeklovlar bojxona va çegara qöriqlaş mobil ilovasidan foydalangan holda çegarani kesib ötgan şaxslarga, şuningdek, tibbiy favqulodda vaziyatlarda odam savdosi qurbonlari va kuzatuvsiz bolalarga nisbatan qöllanmaydi.
Noqonuniy immigratsiya - AQŞda saylovoldi poyganing asosiy nuqtasi
AQŞda noqonuniy muhojirlar sonining ortib borayotgani 2024 yil noyabrida bölib ötadigan prezidentlik saylovlarida sobiq prezident Donald Tramp va Oq uy amaldagi rahbari örtasidagi qarama-qarşilik asosiy nuqtalaridan biri hisoblanadi. Tramp Baydenni «oçiq çegara siyosati» uçun tanqid qildi va agar davlat rahbari etib saylansa, «Amerika tarixidagi eng yirik içki deportatsiya operatsiyasini» boşlaşga va’da berdi.
Bayden prezidentligi davrida Meksika bilan çegaradan noqonuniy ravişda mamlakatga kirgan muhojirlar soni rekord darajaga yetdi. Ötgan yili AQŞ janubiy çegarasini 2,4 milliondan ortiq odam kesib ötgan. Ularning aksariyati zöravonlik, qaşşoqlik va iqlim özgarişi tufayli kuçaygan keskin vaziyatdan qoçib, Markaziy Amerika va Venesueladan kelgan. Jo Bayden prezidentlik poygasi oldidan çegara xavfsizligiga yondaşuvini kuçaytirdi.








