Özbekistonda yilning dastlabki 5 oyida davlat budjeti defitsiti 29 trln sömdan oşdi. Bu Iqtisodiyot va moliya vazirligi keltirgan raqamlardan ma’lum bölmoqda.
May oyida davlat budjeti daromadlari 22 trln 749 mlrd sömni, xarajatlari esa 26 trln 565 mlrd 200 mln sömni taşkil etdi. Farq manfiy tomonga 3 trln 816 mlrd 200 mln sömni taşkil qilgan.
Xarajatlar tarkibida Davlat maqsadli jamğarmalariga ötkazilgan transfertlar inobatga olingan. Daromad va xarajatlar orasidagi farq oy boşiga şakllangan qoldiq va aprel oyida muomalaga çiqarilgan davlat qimmatli qoğozlari hisobiga qoplangan.
2024 yilning birinçi çoragidagi defitsit 19,8 trln sömni, aprel oyida 5,7 trln sömni taşkil qilgan edi. Dastlabki 5 oy yakuniga köra defitsit 29,3 trln sömga yetdi.
Şu bilan birga, 2024 yilda davlat budjeti daromadlari 270,4 trln söm, xarajatlari 280,7 trln söm, defitsit esa 10,3 trln söm bölişi kutilayotgan edi.
2023 yil yakuniga köra, davlat organlari, adliya, prokuratura va sudlar, şuningdek, NNT va mahallalarni moliyalaştiriş xarajatlari 24,5 foizga oşib, 17 trln sömni taşkil etdi. 2024−2025 yillarda ham ularni saqlaş xarajatlarini oşiriş rejalaştirilgan.









