Milliy statistika qömitasi maʼlumotlariga köra, joriy yilning yanvar–iyul oylarida mamlakatda körsatilgan bozor xizmatlari hajmi 802,5 trln sömni taşkil etdi. Bu 2025-yilning mos davriga nisbatan real hisobda 16,7 foiz köp.
Xizmat turlari orasida eng yuqori ösiş moliyaviy xizmatlarda kuzatildi - ösiş surʼati 124,5 foizni taşkil etdi. Bu ötgan yilning mos davriga nisbatan moliyaviy xizmatlar hajmi 24,5 foizga oşganini anglatadi.
Keyingi örinlarda meʼmorçilik, muhandislik izlanişlari, texnik sinov va tahlil xizmatlari - 123,6 foiz, aloqa va axborotlaştiriş xizmatlari - 120 foiz hamda taʼlim xizmatlari - 118,4 foiz bilan qayd etildi.
Şuningdek, köçmas mulk bilan boğliq xizmatlar 15,4 foiz, soğliqni saqlaş xizmatlari 15,3 foiz, savdo xizmatlari 15,2 foiz, yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari 15 foizga ösdi.
Şaxsiy xizmatlarda ösiş 14,4 foizni, transport xizmatlarida 14,3 foizni, kompyuter va maişiy tovarlarni taʼmirlaşda 11,3 foizni, ijara xizmatlarida esa 10,7 foizni taşkil etdi.
Yanvar–iyul oylarida moliyaviy xizmatlarning umumiy hajmi 125,8 trln sömga yetgan. Savdo xizmatlari 202 trln söm, yaşaş va ovqatlaniş xizmatlari 149,7 trln söm, transport xizmatlari esa 121,5 trln sömni taşkil qilgan.













