Adliya vazirligi Markaziy bankning moliyaviy xizmatlar sohasidagi maxsus huquqiy rejimga oid idoraviy hujjatini 2026-yil 19-oktabrda 3956-son bilan davlat röyxatidan ötkazdi.
Hujjat maxsus huquqiy rejimni joriy etiş va bekor qiliş, şuningdek, uning doirasida faoliyat yuritiş tartibini belgilaydi.
«Tartibga soliş qumdoni»da uçta alohida sinov yölagi nazarda tutilgan:
«innovatsiya»;
«akseleratsiya»;
«texnologik hamkorlik».
Maxsus rejimda qatnaşiş imkoniyati norezident yuridik şaxslarga ham berildi. Ular birgalikda ariza beruvçi sifatida iştirok etişi mumkin. Faoliyati Markaziy bankdan boşqa davlat organlari tomonidan tartibga solinadigan yuridik şaxslar uçun ham «qumdon»da qatnaşiş imkoniyati yaratildi.
Yangi moliyaviy xizmatni joriy qilmoqçi bölgan yuridik şaxslar uçun ariza topşirişdan oldin maslahat oliş mexanizmi kiritildi. Şuningdek, «Tartibga soliş qumdoni» iştirokçilari reyestrini yuritiş tartibi belgilandi.
Isteʼmolçilarni xabardor qiliş böyiça alohida talab ham nazarda tutilgan: mazkur rejimdagi moliyaviy xizmatni tarğib qiluvçi reklama va axborot materiallarida u «Tartibga soliş qumdoni» doirasida sinov tariqasida taqdim etilayotgani körsatilişi şart.













