Maktablarda öquv yili tugab, bolalar uçun ta’til boşlandi. Maktabgaça va maktab ta’limi vazirligi yozgi oromgohlar 9 ming bolani qamrab olişini ma’lum qilgan. Bundan taşqari, 172 ming bola maktablarda taşkil etiladigan soğlomlaştiriş markazlariga jalb qilinadi.

2023 yilgi statistikaga köra esa respublikada 6 mlndan köproq öquvçi bor.

Ular yozni qanday ötkaza oladi?

3 oylik vaqt zerikarli ötmasligi uçun ota-onalar bolalarini biror usulda band qilişi, bundan taşqari, issiq ob-havoda salomatliklariga e’tiborli bölişlari talab qilinadi.

Feysbuk ijtimoiy tarmoğida “Ta’tilda bolalaringiz nima bilan band?” degan savolga 100 dan ortiq javob berilgan:

  • “Tuşgaça telefon, tuşdan keyin repetitor”;
  • “1 oyga dam olişga ketyapmiz, öqib çarçaşdi, qaytgaç oromgohga yuboraman, oldinda yana öqiş, dam olişsin”;
  • “Repetitori davom etadi”;
  • “Kompyuter sotib oldik, AyTiga boradi. Hozir ham ingliz tili darsiga ketgan;
  • “Tikuvçiga boryapti”;
  • “15 yoşli öğlim somsapazga şogird tuşdi, ham hunar örganadi, ham özi biroz pul topişni örganadi”;
  • “Qur’on yodlaydi, ingliz tiliga boradi”;
  • “Telefon, planşet bilan band”;
  • “Öğlim ötgan yili dutor çalişni örgangan, bu yil gitarani örganadi”;
  • “Öğlim xöjalik mollari dökonida işlayapti ta’tilda, közi pişadi, iş örganadi”;

Javoblarning asosiy qismida bolalar turli öquv kurslari, tögaraklar va hunar örganişga boriş bilan band qilinişi aytilgan. Şuningdek, bolasi ta’tilining ma’lum qismini buvisining uyida ötkazişi haqida ham javoblar bor.

Ta’til bolaga nega kerak?

Rozaliya Gabdulhaqova, bolalar psixologi:

Bolalarda ham, kattalarda ham doimiy iş faoliyatini özgartirib turiş ularning kamroq stressga tuşişlariga yordam beradi. Ya’ni yil böyi öqigandan köra ta’tilga çiqiş va undan keyin yana öqişni davom ettiriş öqişning yaxşilanişiga, salomatlikka ham foydali.