Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi (ISSV) ma’lumotiga köra, Turkiya Milliy kutubxonasida bölib ötgan yirik tadbirda Turkiya Prezidenti Administratsiyasi vakillari, ikki davlatning vazirlik va idoralar rahbarlari, yetakçi siyosatşunoslari va ekspertlari Özbekiston va Turkiya örtasidagi strategik hamkorlikning kölamini kengaytiriş masalalarini muhokama qiliş va konseptual yeçimlarni işlab çiqiş maqsadida yiğildilar.

Sözga çiqqanlar Özbekiston va Turkiya örtasidagi ikki tomonlama savdo-iqtisodiy va sarmoyaviy hamkorlik ösiş dinamikasining yuksak natijalarini qayd etdilar. Xususan, sönggi beş yilda ikki davlat örtasidagi özaro tovar ayirboşlaş hajmi 1,3 barobar, Özbekistonda turk kapitali iştirokidagi korxonalar soni 3 barobarga oşib, 1898 taga, Turkiyadan töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar hajmi 10 barobar oşdi.

Investitsiyaviy hamkorlik ham jadal rivojlanmoqda – ötgan yil davomida 260 ta yangi özbek-turk qöşma korxonasi taşkil etildi va bu Turkiyani Özbekistondagi qöşma korxonalar soni böyiça boşqa hamkorlar orasida uçinçi öringa olib çiqdi. Ikki davlat örtasidagi muntazam aviaqatnovlar soni 2,5 barobarga köpayib, haftasiga 90 taga yetdi.

Özbekiston tomoni Turkiya hukumati, sarmoyaviy va sanoat doiralari bilan köp qirrali munosabatlarni yanada mustahkamlaşga sodiqligini bildirdi. Tadbir iştirokçilari samarali mehnat qilişga çaqirildi, yangi taklif va loyihalarni hayotga tatbiq etişda har tomonlama yordam berişga tayyorlik ham bildirildi.