OTMga qabul boşlandi
Bugundan Özbekistonda davlat oliygohlariga abituriyentlardan arizalar qabul qiliş boşlandi. Onlayn röyxatdan ötiş Bilim va malakalarni baholaş agentligining rasmiy saytida amalga oşiriladi. Qabul jarayoni va imtihon uçun tölovni amalga oşiriş 25 iyungaça davom etadi. Maktabni şu yil tugatgan yoşlar tölovdan ozod qilingan.
Eslatib ötamiz, bu yil bakalavriatga qabul tartibi özgargan. Hozirgi bosqiçda abituriyentlar röyxatda ötib, qaysi fanlardan test topşirişini tanlaydi. Keyingi bosqiçda esa ana şu tanlangan fanlar böyiça test topşiradi. Test natijalari çiqqaç, yakuniy bosqiçda abituriyent neça ball töplaganiga qarab qayerda va qaysi ta’lim şaklida öqişni tanlaydi.
Bu yilgi qabulning avvalgilaridan yana bitta farqi şundaki, bölib ötadigan imtihonlar bir vaqtning özida kollej va texnikumlarga ham saralaş vazifasini ötaydi. Ya’ni oliygohda öqiş uçun yetarli ball töplay olmagan yoşlar şu töplagan balli böyiça kollej yoki texnikumga kirişi mumkin böladi.
Prezident hojilardan xabar oldi
Prezident Şavkat Mirziyoyev Makka şahrida bölib turgan muftiy şayx Nuriddin Xoliqnazar bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbari muborak Haj ziyoratiga tayyorgarlik jarayonlari, yurtdoşlarimiz uçun yaratilgan şaroitlar, ularning salomatligi va kayfiyati haqida söradi. Şayx Nuriddin Xoliqnazar esa Şavkat Mirziyoyevga hojilarimizning salomi va duolarini yetkazdi.
Ma’lumot uçun, ayni paytda qariyb 12 ming nafar yurtdoşimiz Saudiya Arabistonida bölib turibdi. Jami 15 ming 130 nafar fuqaro Haj ibodatiga muyassar böladi. Ularga 300 nafar guruh rahbari, 50 nafar oliy toifali şifokor, oşpazlar, tarjimonlar va boşqa kömakçilar hamrohlik qiladi.
Bu yildan boşlab bir yangilik – Saudiya Arabistonida bölib turgan diniy soha xodimlari hamda qori ziyoratçilar tomonidan Qur’oni karimni xatm qiliş yölga qöyildi. Hozirgaça 1 ming 515 ta xatm öqilib, yurtimizga tinçlik, xalqimizga farovonlik tilab duolar qilingan.
Ğazodagi uruş: Özbekiston AQŞning otaşkesim taşabbusini qöllab-quvvatladi
Özbekiston Ğazoda uruşni töxtatiş böyiça AQŞ prezidenti Jo Baydenning taşabbusini olqişlaydi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Ahror Burxonov ma’lum qildi.
“Biz Ğazo sektorida tinç aholi, ayniqsa ayollar va bolalar qurbonlari bölgan töqnaşuvlarni diqqat bilan kuzatmoqdamiz. Bu holat bizni çuqur xavotirga solmoqda. Özbekiston – mojarolarni faqat tinç yöl va barça mavjud diplomatik vositalar yordamida hal qiliş tarafdori”, – dedi Burxonov.
Özbekiston tomoni Baydenning takliflarini qöllab-quvvatlab, mojaroning barça tomonlarini vazminlikka, xalqaro huquqni hurmat qilişga, zöravonlikning oldini olişga va tinç aholi orasida qurbonlar sonining yanada köpayişiga yöl qöymaslikka çaqirdi.
“Bolalarga çirigan kartoşka yedirişmoqda”
Andijon viloyatidagi boğçalarda ovqatlantiriş tizimini örgangan Senat işçi guruhi açinarli holatlarga guvoh böldi. Örganişlarda boğçalardagi oşxonalar sanitariya-gigiyena talablariga javob bermasligi, ta’mirtalab ahvolda ekani, jihozlar va idiş-tovoqlar yetişmasligi, sifatsiz mahsulotlar olib kelingani aniqlangan.
Masalan, Şahrixondagi 52-sonli boğçada oşxona töliq ta’mirtalab holatda. Qörğontepadagi 2-sonli boğçada esa oziq-ovqatlarni brakeraj komissiyasi qabul qilib olmayotgani sababli sifatsiz mahsulotlar kirim qilingan. Soğliqni saqlaş vazirligi vakili Nurmat Otabekov yöl qöyilgan holatlar böyiça keskin çora körişga çaqirib, bunday boğçalarning faoliyatini bugunning özidayoq töxtatiş kerakligini aytdi.
“Senatdan taşkil qilingan işçi guruh borib körgan MTT işlaşi kerak emas. Ularning faoliyatini şu bugunning özidayoq töxtatiş kerak. Olib kelingan mahsulotlar notöğri saqlanib, tomir otib yuborsa, turgan joyida çirisa, qaysi bir oşpaz öşa çirigan, unib ketgan kartoşkani taşlab yuboradi?! Albatta, uni bolalarga yedirişadi”, – dedi u.
Senatorlar boğçalarga kirişda Face-ID texnologiyasini joriy etib, tarbiyalanuvçilar davomatini yölga qöyiş, şu asosda oziq-ovqat xarajatlarining aniq hisobini yuritiş, brakeraj komissiyalari böyiça boğça mudirlarining mas’uliyatini oşiriş va boşqa takliflarni ilgari surdi.
Kompaniyalar qarzini davlat tölaydimi?
S&P xalqaro reyting agentligi Özbekistonning suveren kredit reytingini “BB-” (barqaror kutilma) darajasida saqlab qoldi. Agentlikning bu boradagi hisobotida Özbekiston iqtisodiyotining joriy holatiga batafsil töxtalib ötilgan. Jumladan, hisobotda ta’kidlanişiça, kelgusida hukumat kafolatisiz olinayotgan korporativ qarzlarni qaytariş ham hukumatning zimmasiga tuşib qolişi mumkin.
“Bizningça, davlat korxonalari va davlat-xususiy şerikligidagi, YaIMning 8 foizini taşkil etadigan kafolatlanmagan qarzlar hukumat balansidagi majburiyatga aylanişi xavfi bor. Davlat korxonalari energetika va infratuzilma loyihalarini moliyalaştiriş uçun oxirgi yillarda xorijiy valutada qarz olişni köpaytirdi. Ular ayrim loyihalar kutilganidan köra muvaffaqiyatsizroq amalga oşsa yoki boşqaruv yo nazoratda muammolar paydo bölsa, uşbu qarzlarni söndirişda qiyinçiliklarga duç kelişlari mumkin”, deya ta’kidlagan xalqaro ekspertlar.
Tahlilçilarning e’tibor qaratişiça, Özbekiston hukumatining likvid aktivlari miqdori 2017-2023 yillar oraliğida YaIMning 37 foizidan 13 foizigaça qisqarib ketgan. Xususan, Tiklaniş va taraqqiyot jamğarmasining 16,8 mlrd dollarlik aktivlaridan bor-yöği 6,2 mlrd dollarlik qismi likvidlikka ega degan xulosaga kelingan. Taşqi qarzlar miqdori esa avvalgi prognozlarga qaraganda tezroq oşişi kutilyapti.
Moped va skuterlar böyiça taklif
Özbekistonda 16 yoşga tölganlarga moped va skuterlarni haydovçilik guvohnomasini olmasdan boşqarişga ruxsat berilişi mumkin. Strategik islohotlar agentligi bu borada prezident qarori loyihasini işlab çiqdi. Agentlikka köra, hozirda “A” toifadagi haydovçilik guvohnomasini olgan 16 yoşli ösmirlarda nafaqat kam quvvatli skuter va kvadrosikl, balki tezligi 150 km/soatdan ham oşadigan mototsikllarni ham haydaş huquqi paydo bölyapti. Şundan kelib çiqib, haydovçilik guvohnomasining “A1” nomli kiçik toifasini ham joriy qilib, uni kattaroq mopedlar va skuterlar haydaş uçun 16 yoşdan boşlab beriş, “A” toifadagi guvohnomani esa tezyurar mototsikllarni boşqariş uçun 18 yoşdan boşlab berişni yölga qöyiş taklif etilmoqda.
Kam tezlikda yuradigan kiçik mopedlar va skuterlar uçun esa guvohnoma oliş talabini bekor qiliş taklif etilyapti. Bunda ulovning tezligi 50 km/soatdan oşmasligi, haydovçi esa 16 yoşdan oşgan bölişi kerak.
Bundan taşqari, prezident qarori loyihasi bilan, ayrim toifadagi haydovçilik guvohnomalarini oliş uçun avtomaktabda öqiş talabini bekor qiliş taklif etilmoqda. Agar taklif ma’qullansa, “A”, “A1”, “B” va “B1” toifalaridagi guvohnomalarni olmoqçi bölganlar maxsus kurslarga bormasdan, özlari mustaqil tayyorlangan holda imtihonga kirişlari mumkin böladi.











