AQŞ Kongressining Vakillar palatasi Respublikaçilar partiyasi tomonidan Xalqaro jinoiy sud (XJS)ga qarşi sanksiyalar qöllaş böyiça işlab çiqilgan qonun loyihasini ma’qulladi, deb xabar berdi Amerikaning CNN telekanali 4 iyun kuni keçqurun. Loyihani yoqlab 247 kişi ovoz berdi - 205 respublikaçi va 42 demokrat. 155 demokrat kongressmen bunga qarşi çiqdi. Ikki respublikaçi betaraf qoldi.

Vakillar palatasi spikeri Mayk Jonsonning ta’kidlaşiça, uşbu hujjat sudning Isroil boş vaziri Binyamin Netanyahu va mudofaa vaziri Yoav Galantni hibsga oliş uçun order beriş haqidagi söroviga javobdir. «Qöşma Ştatlar Isroil bilan qat’iy turadi va xalqaro byurokratlarning Isroil rahbarlarini sodir etmagan jinoyatlari uçun asossiz hibsga olişga order berişiga yöl qöymaydi», dedi Jonson. 

Qonun loyihasi «AQŞ va uning ittifoqçilari himoyasi ostidagi har qanday şaxsni tergov qiliş, hibsga oliş yoki jinoiy javobgarlikka tortiş böyiça harakat bilan şuğullanuvçi» şaxslarga nisbatan sanksiyalar qöllaşni nazarda tutadi. Bunday sanksiyalar orasida AQŞda mulk bilan operatsiyalarni taqiqlaş, vizalarni bloklaş va bekor qiliş bor. Ayni paytda bu loyiha Demokratik partiya a’zolari nazorati ostidagi Senatda ovozga qöyilişi dargumon. 

Bayden ma’muriyati - XJS sanksiyalariga qarşi 

AQŞ prezidenti Jo Bayden ma’muriyati ham taşabbusga «qat’iy qarşi» çiqdi. «Ma’muriyat XJS prokurorining isroillik yuqori martabali amaldorlarni hibsga olişga sanksiya berişda öylamasdan harakat qilganidan qattiq xavotirda. Şu bilan birga, ma’muriyat XJS, uning xodimlari, sudyalari yoki uning işiga yordam berganlarga qarşi sanksiyalar qöllanişiga qarşi. Isroilni himoya qiliş, AQŞning XJS böyiça pozitsiyasini himoyalaş, xalqaro adolat va javobgarlikni rağbatlantirişning yanada samarali usullari bor va ma’muriyat bu variantlar böyiça Kongress bilan işlaşga intiladi», deyiladi Oq uy bayonotida. 

Isroilliklar va HAMAS yetakçilarini hibsga oliş uçun order beriş talabi 

XJS prokurori Karim Xon 20 may kuni sudning tergov palatasidan Binyamin Netanyahu, Yoav Galant, şuningdek, HAMAS taşkilotining uç yetakçisi: Yahyo Sinvar, Muhammad Al-Masri va Ismoil Haniyani hibsga oliş uçun order söradi. 

Xonning sözlariga köra, Netanyahu va Galant HAMASning Isroilga hujumi va bunga javoban harbiy amaliyotlar boşlanganidan keyin Falastin hududida sodir etilgan «harbiy jinoyatlar va insoniyatga qarşi jinoyatlar uçun javobgardirlar».