Respublikaçi siyosatçi, AQŞ Kongressida Tennessi ştati vakili Jon Rouz 6 yaşar öğli Gayni özi bilan işga olib bordi. 

3 iyun kuni Rouz Kongressda Donald Tramp himoyasiga bağişlab nutq qildi. Ammo otasining orqasida turgan öğil nutq sözlari bilan emas, balki özini tasvirga olayotgan kamera bilan qiziqdi. 

Bola kameraga qarata turli imo-işoralar körsata boşladi. Albatta, heç kim uning otasini tinglamadi, hamma faqat kongressmenning orqasida nima bölayotgani bilan qiziqdi. Rouzning nutqi videosi oxir-oqibat millionlab marta tomoşa qilindi. 

Gayning tomoşabinlar e’tiborini jalb qiliş qobiliyati respublikaçilar va demokratlar tomonidan yuqori baholangani ta’kidlanmoqda. 

Kongressmenning aytişiça, u öğlidan ğazablanmaydi. «U odatda özini yaxşi tutadi. Ammo u har qanday 6 yaşar bolaga öxşaydi», deb ta’kidladi u. 

Gay Rouz, öz navbatida, otasining nutqi «juda zerikarli» bölganini tan oldi va jurnalistlarga yana köp imo-işoralarni bilişini, lekin ularni birdaniga körsatişga tayyor emasligini aytdi.