Davlat xavfsizlik xizmatining Qaşqadaryo viloyati böyiça boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Qarşi tuman soliq inspeksiyasining sayyor soliq tekşiruvlari şu’basi boş inspektori mahalliy 5 ta MÇJ faoliyati yuzasidan joriy yilning sentabr oyiga qadar kameral soliq tekşiruvlari ötkazmaslik evaziga 2300 AQŞ dollari olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Şuningdek, u uşbu pul mablağini viloyat soliq boşqarmasining kameral soliq tekşiruvlari şu’basi boş inspektoriga berişi kerakligi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi hamda mazkur mansabdor şaxs ham 2300 AQŞ dollarini olgan vaqtida uşlandi.

Buxoro viloyati Ğijduvon tuman soliq inspeksiyasi katta inspektori öz xizmat mavqeyidan foydalanib, tuman markazidagi “Höjai jahon” savdo kompleksi hududida faoliyat yurituvçi yakka tartibdagi tadbirkorni joriy yilning oxiriga qadar aylanma soliq tölovçisi toifasidan, har oyda 2 mln 424 ming söm tölaydigan qat’iy turdagi soliq tölovçisi toifasiga ötkazmaslik, kelgusida soliq idoralari tomonidan böladigan tekşiruvlardan himoya etiş hamda uning faoliyatiga rahnamolik qiliş evaziga 8 mln söm olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Boş prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan uşlandi.

Toşkent şahar Yakkasaroy tumanida joylaşgan umumiy ovqatlaniş maskanida 6 oy mobaynida soliq tekşiruvlari ötkazmaslik, aksinça, uning faoliyatiga rahnamolik qiliş evaziga 600 AQŞ dollari olgan vaqtida mazkur tuman soliq inspeksiyasining boş inspektori Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti xodimlari tomonidan aşyoviy dalillar bilan uşlandi.

Şuningdek, tergovga qadar tekşiruv davomida, uşbu noqonuniy işga tuman soliq inspeksiyasining şu’ba boşliğining aloqador ekanligi aniqlanib, u ham protsessual tartibda uşlandi. 

Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumanidagi MÇJ faoliyati böyiça ötkazilgan soliq auditi tekşiruvi natijasida aniqlangan 267 mln 300 ming söm qöşilgan qiymat soliği va 664 mln 700 ming söm sof foyda soliğini mansabdor tanişlari orqali kamaytirib beriş evaziga 5 ming AQŞ dollari olgan vaqtida mazkur tuman soliq inspeksiyasining kameral nazorat şu’basining sobiq boşliği uşlandi.

Hozirda mazkur şaxslarga nisbatan jinoyat işlari qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.