Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirining “Mehnat migrantlariga subsidiya, kompensatsiya ajratiş tartibi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi buyruği loyihasi e’lon qilindi.

Loyihani qabul qiliş zarurati quyidagi omillar bilan asoslangan:

  • birinçidan, xorijda vaqtinçalik mehnat faoliyatini olib boriş istagida bölgan fuqarolar ketişdan oldingi jarayonda ma’lum moliyaviy qiyinçiliklarga uçramoqda;
  • ikkinçidan, mehnat bozorini diversifikatsiya qiliş uçun Özbekiston fuqarolarini kasb-hunarga va xorijiy tillarga öqitiş amaliyotini hamda ularga kasbiy (til) malakani tasdiqlovçi xalqaro tan olinadigan sertifikatlarni taqdim etiş zaruratini vujudga keltirmoqda;
  • uçinçidan, xorijda murakkab şaroitga tuşib qolgan Özbekiston fuqarolaridan kelib tuşgan murojaatlar soni oşganligini ularning hayoti va soğliğini suğurtalaş amaliyotini kengaytirişni taqozo etmoqda.

Loyihada Kambağallikni qisqartiriş va bandlik vazirligi huzuridagi Xorijda mehnat faoliyatini amalga oşiruvçi şaxslarni qöllab-quvvatlaş hamda ularning huquq va manfaatlarini himoya qiliş jamğarmasi mablağlari hisobidan quyidagi kompensatsiya, subsidiya va boşqa boşqa tölovlarni ajratilişi nazarda tutilgan:

  • birinçidan, Xorijda ish mehnat migratsiyasi elektron dasturiy majmuasida röyxatdan ötgan va taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga:
  • xorijiy tillar va (yoki) kasb böyiça malaka imtihonlarini topşiriş bilan boğliq xarajatlarini qoplaş uçun, başarti ular muvaffaqiyatli topşirilganda va sertifikat olinganda — bazaviy hisoblaş miqdorining uç baravarigaça miqdorda;
  • xorijda mehnat faoliyatini amalga oşirişga «işçi viza»ni rasmiylaştiriş bilan boğliq xarajatlarini qoplaş uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining beş baravarigaça miqdorda;
  • yöl çiptasini xarid qiliş bilan boğliq xarajatlarini qoplaş uçun — bazaviy hisoblaş miqdorining ikki baravarigaça miqdorda kompensatsiya tölaş;
  • ikkinçidan, suğurta taşkilotlariga — «Ijtimoiy himoya yagona reyestri» axborot tizimi orqali kam ta’minlangan oila sifatida e’tirof etilgan yoki «Temir daftar», «Ayollar daftari», «Yoşlar daftari»dan biriga kiritilgan va taşkillaştirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarning soğliği va hayoti, şuningdek, boşqa tavakkalçiliklarini suğurtalaş böyiça suğurta mukofotini qoplaş maqsadida har bir suğurtalangan fuqaro uçun yiliga bir marta ellik ming sömgaça miqdorda subsidiya tölaş;
  • uçinçidan, xorijda mehnat qiliş davrida zöravonlikka, majburiy mehnatga duçor bölgan va kamsitilgan, mehnat hamda boşqa huquqlari buzilgan, murakkab moliyaviy ahvolda, şaxsini tasdiqlovçi hujjatlarsiz va yaşaş uçun mablağsiz qolgan Özbekiston fuqarolariga advokatning, yuridik xizmatlar körsatuvçi taşkilotlarning yoki huquqni muhofaza qiliş taşkilotlarining xizmatlari uçun belgilangan tartibda haq tölaş.