"Dunyo" xabariga köra, uçraşuv davomida Britaniya tomoniga Özbekistonning turizm salohiyati, mahalliy va xorijiy sayyohlar va turkompaniyalar uçun yaratilgan şaroitlar, turizm infratuzilmasi va mamlakatda mazkur sohada olib borilayotgan jadal islohotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Tomonlar Özbekiston şaharlari va Birmingem örtasida aviaqatnovlarni yölga qöyiş istiqbollarini muhokama qildi.
Tom Skrin Özbekistonda turizm sohasini modernizatsiya qiliş borasida amalga oşirilayotgan çora-tadbirlarni yuqori baholab, respublika aviakompaniyalari bilan yölovçi va yuk taşiş sohasida hamkorlik örnatişdan manfaatdor ekanligini bildirdi.
Uçraşuv yakunida uşbu masalalarni batafsil muhokama etiş maqsadida tomonlar örtasida yaqin orada onlayn uçraşuv taşkil etişga kelişib olindi.
Birmingem aeroporti 1939 yilda taşkil etilgan. Aeroport şahar markazidan 10 kilometr masofada joylaşgan. U Britaniyadagi eng gavjum havo bandargohlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarga köra, 2023 yilda mazkur aeroport xizmatidan salkam 11,5 million kişi foydalangan.








