Qozoğistonning Atirau oblastida içida Özbekiston fuqarolari bölgan Lada Largus avtomobilida yonğin çiqdi.

Özbekistonning Qozoğistondagi elçixonasi matbuot xizmatining ma’lum qilişiça, voqea 8 iyun kuni soat 11:45 da Atirau oblasti, Makat tumani hududidan ötuvçi Atirau-Aqtöbe respublika ahamiyatiga ega avtomobil yölining 31-kilometrida sodir bölgan.

Rossiya—Özbekiston yönalişida harakatlanib ketayotgan Özbekiston davlat raqamiga ega bölgan Lada Largus rusumli avtomaşinada sodir bölgan yonğin soat 12:50 da töliq bartaraf etilgan.

Avtomobil içida Özbekistonning uç nafar fuqarosi bölgan. Yonğin oqibatida Lada Largus maşinasi haydovçisi jarohat olmagan, qolgan ikki nafar yölovçi turli darajadagi kuyiş jarohati bilan Atirau oblasti kasalxonasiga yotqizilgan.

Haydovçi va jarohat olganlarning şaxslariga aniqlik kiritilgan va ular bilan doimiy aloqa örnatilgan. Uşbu holat Boş konsulxona nazoratiga olingan.